Poligrafiya sanoati

Poligrafiya sanoati – bosma mahsulotlar (kitob, gazeta, jurnal, Geo- grafiya xaritalari, plakat, blan-kalar, etiketka va b. matbaa mahsulotlari), bos- ma shakllar (muhr va turli shtamplar) ni yasash va maketlarni tayyorlaydigan korxona (bosmaxona)lar tarmog’i; noshir- liknish moddiy-texnika bazasi. O’zbekiston hududida P.s.ning ilk korxonalaridan 1-toshbosma Xivaxoni Muhammad Raqimxon II (Feruz)nint ta- shabbusi b-n 1874 y.da (Xiva) ish bosh- lagan. Unda maxalliy matbaachi ota-jon Abdalov tomonidan 1876 y.da tosh-bosma (litografiya) kitoblar — AB-dunosir Farohiyning “Nisab US-Si-Byon” asa- ri va 1880 y.da Alisher Navoiyning “Xamsa”si (“hayrat ul-Abror” qismi) va b. asarlar nashr etilgan. Keyinroq, 1898 y.da Turkiston har-biy okru- gi shtabi huzurida (Toshkent-da) yangi, ancha takomillashtirilgan bosmaxona tashkil etilgan. 20-a. boshida matbaa mahsulotlariga bo’lgan ehti-yojlarning oshib borishi b-n poligrafiya korxona- larining soni ko’paydi. 1920 y.ga ke- lib Toshkentda 15 ta, Samarqandda 8 ta, Kattaqo’rg’on, Qo’qon, Farg’ona va b. shaharlarda 3 tagacha kustar bosmaxo- nalar bo’lgan. 20-y.lardan so’ng mayda matbaalar birlashtirilib, yirik kor- xonalarga aylantirildi, texnika vo- sitalari b-n qayta jihozlandi. 1922 y.da Toshkentda eng so’nggi mashi-nalar b-n jihozlangan 1-namunali bosmaxona tashkil topdi. 1924 y.larda O’zSSR XKS xuzurida nashriyot va poligrafiya ishini boshqaruvchi matbuot bo-shqarmasi tu- zildi. 1955 y.ga kelib respublikada 141 P.s. korxonasi bor edi. 1963 y. 13 sent. da O’zSSR Ministrlar Soveti huzurida Matbuot komiteti tashkil etildi (1978 y.dan O’zbekiston nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari Davlat komi- teti, 1990 y. 24 yanv.dan Davlat matbuot qo’mitasi). 1960-75 y.larda P.s. jadal yuksaldi, i.ch. quvvatlari oshdi va tarmoq korxonalari qayta jihozlandi. Bu yil-larda Toshkent va Nukus poligrafiya k-tlari, “fan” nashriyoti bosmaxonasi qurilib, ishga tushirildi. Ofset bosma f-kasi, O’zbekiston Kompartiyasi Mar- kaziy komiteti nashriyoti (hoz. “Sharq” nashriyotmatbaa aktsiyadorlik kompa- niyasi) bosmaxonalari qayta qurildi. O’zbekiston mustaqillikka erishga-ni- dan so’ng P.s.da tub islohotlar amal- ga oshirilib, sohada xususiy sector shakllandi. Davlat matbuot qo’mitasiga qarashli bosmaxonalarning aksariyati xususiylashtirildi va mustaqil po- ligrafiya korxonalari tarmog’i vujud- ga keldi. Poligrafiya ishlarini keng ko’lamda rivojlantirish maqsadida 2002 y. 3 iyulda O’zR Davlat matbuot qo’mitasi O’zbekiston matbuot va axborot agentli- giga aylantirildi. Res-publikada 800 dan ziyod matbaa korxonalari mavjud (2003). Ularning 125 tasi matbuot va axborot agentligi tizimida, 85 tasi va- zirliklar va davlat ido-ralari tarkibi- da, 25 tasi qo’shma korxonalar va 500 dan ziyodi xususiy, ma’suliyati cheklangan jamiyat, sho”ba korxonalari shaklida. Ularda zamona-viy kompyuterlarda matn terish, mah-sulotlarni tezkor usullarda va yuqori sifatda chop etish tarmoklari mavjud. Matbaa va axborat agentligi ti- zimida faoliyat ko’rsa-tayotgan 125 mat- BAA korxonalarining 6 tasini Respubli- ka, 10 tasini viloyat, 109 tasini shahar va tuman bosmaxon alari tashkil etadi. Ti- zimdagi 6 ta bosmaxona yuqori sifatli kitob bosib chiqarishga ixtisoslashgan. Ularda chop etish hamda muqovalashtikish ishlari “tsirkon”, “Koroset”, “Ultra- set”, “planeta”, “Xeydelberg”, “Kol- bus”, “Ziklix”, “adast” singari fir- malarining rulonli va varakli chop etish mashinalari hamda agregatlarida amalga oshiriladi.O’zbekiston P.s.da Toshkent matbaa k-ti, Toshkent 1-bos- maxonasi, Toshkent rangli bosma fab- rikasi, Toshkent kitob-jurnal f-kasi, Yangiyo’l kitob f-kasi va “rastr” qo’shma korxonalari samarali faoliyat ko’rsa- tib kelmoqda. Bundan tashkari, “Davlat belgisi” ishlab chisarish birlashma-si, “Yangi asr avlodi” bosmaxonasi, Toshkent matbaa majmuasi va “Groteks” qo’shma korxonalari bor. Respublika P.s. kor- xonalarida yiliga o’rtacha 20 ming bosma taboq, 82 mln. nusxada kitob va kitob mahsulotlari, kuniga 7-10 mln. Nusxada gaz. va jur.lar, yiliga 10 mlrd. so’mlik etiketka va b. bosma mahsulotlari chop etish quvvatlari mavjud. Respublikada izchil amalga oshirilayotgan islohotlar davomida barcha viloyat va tuman bosma- xonalarini kayta texnik Ji-hozlash, zamonaviy ofset mashinalari, raqamli chop etish texnologiyalarini joriy etish dasturi qabul qilingan. Matbaa sohasi uchun mutaxassislar Toshkent to’qimachilik va engil sano-at in-tining matbaachilik f-ti, Usmon No- sir nomidagi Toshkent matbaa kolleji xamda Toshkentdagi 1-biznes maktabida tayyorlanadi. Chet ellarda P.s. korxonalari yirik zamonaviy nashriyot korporasiyalari va firmalari b-n aloqaga ega va aksa- riyat hollarda ularga tegishlidir. P.s. AQSh, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Brita- niya, Italiya, Kanada va b. mamlakatlarda taraqqiy etgan va rivojlangan texnika bazasiga ega. Ular eng so’nggi poligrafiya mashinasozligi mahsulotlarini eksport qiladi (yana q. Bosmaxona, Noshirlik). Jabbor Razzoqov, Ro’zmat Safoev.