Polimerlar

Polimerlar (Yun. polymeres — ko’p qismlardan tashkil topgan) — mo- lekulalari (makromolekulalar) bir yoki bir necha turli ko’p sonli takrorlanuvchi guruxlar (monomer zvenolari)dan tash- kil topgan yuqori molekulyar massali (bir necha mingdan bir necha millionga- cha) kimyoviy birikmalar. Makromole- kula tarkibidagi atomlar bir-biri b-n asosiy yoki koordinasion valentlik kuchi vositasida bog’langan. P.tabiiy — biopolimerlar (rksil- lar, nuklein kislotalar, tabiiy smola- dar) va sintetik (polietilen, polipro- pilen, fenolformaldegid smolalar) P.ga bulinadi. P. bir xil struktu-rali zvenolar (mas, polivinilxlorid — SN2SNS1—) yoki o’zaro navbatlashuvchi turli xossaga ega zvenolar (sopolimer) dan tashkil topgan bo’ladi; VI-nilxlorid va vinilasetat sopolimeri bunga misol bo’la oladi. Bir nechta kichik oddiy mole- kulalarning birikishidan hosil bo’lgan P. oligomerlar deb ataladi. Monomer- ning 2 mo-lekulasi qo’shilishidan hosil bo’lgan molekula D i m e r deyiladi. Bun- Day birikmalar o’zining xossasiga ko’ra, quyi va yuqori molekulali birikmalar oralig’idagi o’rinda turadi. P. molekulalari polimerlanish va polikondensatlanish usullari b-n hosil qilinadi. 20-a.ning 2yarmidan boshlab P. sintezining yangi usullari- ni ishlab chiqildi, chunonchi: a) tayyor P.ga biror yangi, qo’shimcha monomerni kimyoviy “payvandlash”. Bu tayyor P. molekulasining faollashishiga va er- kin radikallar hosil bo’lishiga yordam beradi. Bunda P.ning chiziqsimon mo- lekulasiga polimerlanuvchi qo’shimcha monomer yon tarmoqchasi “payvandlana- Di”; b) ikki tayyor P. zanjirini kuchli mexanik ta’sir ostida uzib, makromo- lekula bo’laklarini biriktirib, yangi makromolekulalar, ya’ni “blok polimer- lar” xreil qilishi. Bu usullar polimer mahsulotlarining xossalarini (pux- taligi, kimyoviy bardoshliligi, elektr o’tkazmaslik va h.k.) o’zgartirishga imkon beradi. P.ning tarkibi va sintez usullariga ko’ra, ulardan qattiq va elastik, puxta va mo’rt, issiq va sovuqqa chi-damli, ki- myoviy ta’sirlarga bardoshli va h.k. xos- Saga ega bo’lgan mahsulotlar olish mum- kin. Mahsulot hosil qilish uchun P.ga to’ldirgichlar va b. moddalar qo’shiladi. P.ning muhim Xu-susiyati shuki, ulardan shtampovkalash, presslash kabi oddiy usullarda buyumlar tayyorlash mumkin. P.i.ch. dastlab murakkab bo’lmagan moddalar, kumir va yog’ochni qayta ishlash mahsulotlari (mas, fenol, formalin va b.)ga asoslangan edi. Keyinchalik P. olish uchun neftni kayta ishlash mahsulotlari, tabiiy gaz, qattiq yoqilg’ilarni qayta ishlash mahsulotlari, yogoch va turli o’simlik xom ashyolari chiqindilari ish-latiladigan bo’ldi. Xossasining yax- shiligi va xalq xo’jaligiga keltiradi- gan foydasining kattaligi hamda xom ashyo zaxiralarining ko’pligi P.ni keng ko’lamda i.ch.ga imkon berdi. P. xossasiga ko’ra, quyidagilarga bo’linadi: kauchuklar — keng t-ra oralig’ida qayishqoklik xossasini yo’qotmaydigan P.; plastmassalar — yuqori t-Rada yumshaydigan va keng t-ra oralig’ida juda puxta, qattiq, nisbatan qayishqoq P.; sintetik tolalar — yuqori t-Rada (180-200°) yumshaydigan va shu t-Rada puxta ip bo’lib cho’ziladigan P.; lok va bo’yoqlar — eyilishga chidamli, metall, yog’och va shishaga yopishadigan, at- mosfera va mexanik ta’sirlarga chidam- li P. Polimerlarning xossasi turlicha bulganligidan ular kora va rangli me- tallar, yog’och, tosh, suyak, shisha va b. ur- nida ishlatiladi. Ba’zi bir sintetik P. ion Alma-shuvchi smolalar, qon plazmasi o’rin-bosari sifatida, tuproqni struk- turalashda va b.da qo’llanadi. Ad.: Askarov M. A., Jalilov A. T., Sintez ionogennix polimerov, T., 1978; Ismoilov I. I., Jalilov A. T., Askarov M. A., Ximicheski aktivnie polimeri i oligomeri, T., 1993; Maxsumov A. S, Is- moilov I. I., Polimernie Soli: sintez, svoystva, primenenie, T., 2002. Isroil Ismoilov.