Poltava viloyati

Poltava viloyati – Ukraina tarkibidagi viloyat. 1937 y. 22 sent.da tashkil etilgan. Chap Sohil Ukraina- sining Markaziy qismida joylashgan. Mayd. 28,8 ming km2. Aholisi 1723,9 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar va ruslar yashaydi. P.v.da 25 ma’muriy tu- man, 13 shahar, 23 shaharcha bor. Markazi — Poltava sh. Boshqa muhim shaharlari: Kremenchug, Lubni, Mirgorod, Pirya- tin, Xorol, Gadyach. P.v. Dnepr sohili va qirda joylashgan. Er yuzasi tekis- lik (balandligi shim.-Sharqda 170-202 m, Jan.-g’arbida 60 -100 m). Dnepr to- mon qiya. Iqlimi mo”tadil Kontinen- tal. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -5,5°, — 7,6°, iyulniki 20-21,7°. Yillik o’rtacha yogin 430-560 mm (asosan, ezda yog’adi). Daryolari Dnepr havzasiga man- sub: Sula, Psyol, Vorskla. Hududining 70% ni o’rtacha chirindili qoratuproq egallagan. Tabiiy dasht o’simliklari deyarli saqlanmagan. O’rmon va butalar hududining 7,5%ni egallagan (dub, shum- tol, berest, jo’ka, grab). O’rmonlarda Los, elik, qobon, bo’ri, bo’rsiq, tulki, dashtlarda sassiqko’zan, malla tovush- qon, olaxurjun, yumronqoziq, qushlardan qironqora, turna, yovvoyi o’rdak va g’ozlar, bedana, chil, kaklik, to’rg’aylar yashaydi. Dare va ko’llar baliqqa boy. Sanoatining etakchi tarmoklari: mashi- nasozlik va metallsozlik. Korxonalari, asosan, Poltava (teplovoz ta’mirlash, turbomexanika, “Ximmash”, avtoagregat va b. z-dlari), Kremenchug (avtomobil, vagonsozlik, yo’l mashi-nalari), lubni (stanoksozlik, mashinasozlik, hisoblash mashinalari), Karlovka (oziq-ovqat sa- noati uchun jihozlar) sh.larida joylash- gan. Kimyo sanoati tez rivojlanmoqda (Kremen-chugda neftni qayta ishlash va qurum z-dlari, Lubnida kimyo-farmasev- tika, Poltavada sun’iy olmos va olmos as-boblar z-dlari), Kremenchugda ruda boy-itish k-ti qurilgan. Oziq-ovqat sanoati etakchi o’rinda (viloyat sanoat mahsulotining 31%). Engil sanoatda (8%) ip yigiruv, trikotaj, poyabzal, tikuvchilik korxonalari ishlab turib- Di. Yog’ochsozlik (3%) ham rivojlanmoqda. Qurilish materiallari sanoatida gra- nit qazib olinadi va qayta ishlanadi, te-Mir-beton konstruktsiyalar, g’isht, ke- ramzit shag’ali ishlab chikariladi. Q.x. g’allachilik, qand lavlagi etish- tirish b-n birga sut-go’sht chorvachiligi- ga ixtisoslashgan, asosiy tarmog’i — dehqonchilik, q.x. mahsulotining 52,6% ini beradi. G’alla, kartoshka, sabzavot, texnika, ozuqa ekinlari ekiladi. UK- rainadagi dorivor o’simliklarning 14% P.v.da etishtiriladi (asosan, lubni tu- manida). Chorvachilik sut-go’shtga ixti- soslashgan; qoramol, cho’chqa, qo’y va echki, parranda, quyon boqiladi. Asalarichilik rivojlangan. Asosiy transport turi — t.y. (uz. 853 km). Avtomobil yo’llari 10,5 ming km. Dnepr daryosida, qisman Sula da- ryosida kema qatnaydi. Poltava sh. havo yo’li orqali Kiev, Moskva, Ukrainaning viloyat markazlari va tumanlari b-n bog’langan. 5 oliy o’quv yurti, 2 teatr, 12 muzey, Mirgorod balneologik kuror- ti, sanatoriylar bor. Polka (chexcha polka — yarim qadam) — Chex xalq raqsi. Tez sur’atda, 2/4 musiqa o’lchovida, davra bo’ylab juft-juft bo’lib ijro etiladi. 19-a. o’rtalarida Evropada baya Ratsei si- fatida keng tarkalgan. Kompozitorlar- dan I. Shtraus, B. Smetana, A. Dvorjak, P. Chaykovskiy, S. Raxmaninov va b. P. janridan foydalanishgan. 19-a.ning oxiridan O’zbekistonda ham tarqalib, uning ritmlari ba’zi uzbek kuylariga singdirilgan (mas, “Andijon polka- si”).