Pochta texnikasi

Pochta texnikasi – pochta aloqaspaya asosiy i.ch. operasiyalari (poch- tani qabul qilish, manzil bo’yicha egala- riga etkazish, ajratish, tashish va b.) ni bajarishda foydalaniladigan qurilma va transport vositalari. Eng sodda P.t. 1653 i. frantsuz Renuar de Villays takli- Fi b-n yaratilgan pochta yashigidir. Pochta 19-a. boshlarida otga qo’shilgan relsli ekipajlarda, 1830 y. Buyuk Britaniyada Liverpul — Manchester oralig’ida t.y. ishga tushishi b-n pochta vagonlarida tashila boshladi. T.y., suv, avtomobil va havo transport larining rivojla- nishi pochta alokasining keng suratda o’sishiga olib keldi. Shundan so’ng dunyo- dagi barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqaldi. Pochta muassasalarida pochta- kassa apparatlari qo’llanila boshladi. Ular jo’natilgan pullarni qabul qilib olish va egalariga to’lashni, qiymatli xat, jo’natma, te-lefamma va b.ni qabul qilishni huj-jatlashtirish imkonini beradi. Jo’natma, xatlar, banderol, gaz. va jur.larni ajratishni mexanizasi- yalashda maxsus pochta mashinalaridan foydalaniladi. Yirik pochta uzellarida junatiladigan pochtalarni ajratishda yarim avtomat mashinalardan, ichki i.ch.da esa konveyerlardan foydalaniladi. Jo’natmalarni manzil bo’yicha ajra- tishda yarim avtomat saralash mashinala- ri ishlatiladi; mashina taqsimlash kon- veyeri, to’plagich va klavishli pultdan iborat. Operator pult orkali mexanik yoki elektron qurilmalariga manzil beradi, ya’ni to’plagichga yuk tushirish joyini belgilaydi. Hozir deyarli barcha pochta muassasalarida kompyuter xizma- tidan foydalaniladi. Jo’natmalar avi- asiya, t.y., avtotransport vositalarida tashiladi, telegraf, telefon, Internet orqali uzatiladi.