Poshshoxoja

Poshshoxoja, Poshshoxo’ja Abdulvahobxoja o’g’li, Xoja (1480, Niso — 1547, Buxoro) — shoir, davlat arbobi va yirik ulamo. Otasi — Abdulvaxrbxo- ja Sulaymonxoja o’g’li o’z davrining Yi- rik tasavvuf shayxi va shoiri bo’lgan. P. Niso va Marv mad-rasalarida taxsil ol- gan. Muhammad Shayboniyxon qozoq xon- lari ustiga qilingan harbiy yurishdan qaytayotganda Nisoda to’xtab, P.ni Du- Run viloya-tiga hokim qilib tayinlaydi (1508 y. apr.). 1510 y. P. Nisoning yangi hokimi Muhammad Solih b-n birgalikda Marv jangiga etib kelgan. Shayboniy- xon o’limidan so’ng dastlab Samarqand, so’ngra Buxoroga kelib yashagan. Shaybo- niylardan Muhammad Temur Sulton va Ko’chkunchixon xizmatlarida bo’lib (1511 — 14), Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida jumlat ul-mulk, sadrlik la- vozimlarida ishlagan (1515-16). Buxoro xoni Ubaydullaxon Hirotni fath etgach (1529 y. 21 okt.), u sadrlikdan shayxulis- lomlik daraja-siga ko’tarilgan. Keyin- chalik Balx hokimi Kistan Karo Sulton (1544 y.v.e.) huzurida sadrlik va shayxu- lislom vazifasida faoliyat ko’rsatgan (1534-43). P. 1543 y.da o’z vazifasidan voz kechib, Buxoroga qaytadi va badiiy ijod b-n shug’ullanadi. P. Nasr va nazmda adabiy asarlar yaratgan. Muhammad “Xoja” taxallusi b-n ijod qilgan. U Shayboniyxonning o’g’li Temur Sultonga atab “Miftoh ul-adl” (“Adolat kaliti”, 1508-10), Kistan qaro Sultonga bag’ishlab “gul- zor” (1538) kabi asarlar yozgan. Bu asar- larda axloqiy-didaktik xususiyatga ega bo’lgan fiqolarni sharx/TSh uchun mashhur podshohlar haqidagi turli hikoyat va masallar keltirilgan. Ularda davlatni boshqarish, raiyat b-n munosa-BAT masala- lari, insofli va adolatli podshoh obra- zi tasvirlangan. P. ruboiy, g’azal, qita janrlarida ham ijod qilgan. Jonibek Sultonga atab “Maqsad ul-atvor” (1516-20) dostoni- ni yozgan. Uzbek va fors tillarida tartib bergan devoni bizgacha etib kelmagan. P.ning o’g’li Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” (“do’stlar yodnoma- si”) tazkirasida yozilishicha, P.ning turkiy gazallariga Bobur yuqori baho bergan. P. Bahouddin Naqshband maqbarasi yonida dafn etilgan. Uning “Gulzor” va “Miftoh ul-adl” asarlari O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti va Sankt- Peterburg Sharqshunoslik in-ti qo’lyozmalar fondida saqlanadi. Asarla- ri o’zbek tilida nashr qilingan. As: Miftoh ul-adl va gulzordan , T., 1962. Ad.: Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1983. Manzura Davlatova.