Poema

Poema (musiqada) — 1) lirik-dra- matik yoki lirik-hikoyaviy xarak-terga ega hamda emosional jo’shqinlik b-n Su- gorilgan erkin shakldagi musiqa asari. Odatda, fortepiano yoki skripka, Vio- lonchel kabi torli-kamonli cholg’ular uchun yaratiladi; 2) simfonik poema — muayyan mavzu (yoki syujet)ga asoslan- gan bir qismli simfonik asar. Simfo- nik uvertyura asosida F. List ijodida shakl topgan. R. Shtraus, P. Chaykovskiy, A. Skryabin, Ya. Sibelius va b. simfo- nik P.ning mumtoz namunalarini yarat- gan. O’zbekiston kompozitorlaridan D. Zokirov, M. Ashrafiy, Ikr. Akbarov, S.Yudakov, S. Boboev, A. Kozlovskiy, M. Tojiev va b. turli mavzularda, muayyan dasturli va erkin shakllarda P.lar ijod qilganlar. 20-a. uzbek musi-kasida P. yoki P. sifat asarlar ko’pligi — milliy badiiy meros, mushohadali musiqiy- ijodiy tafakkur, qolaversa o’zigagina xos mentalitet b-n bog’liq.