Pochchaotasoy, Podshootasoy

Pochchaotasoy, Podshootasoy — Namangan viloyatidagi soy. Chatqol tiz- masining yon bag’irlaridan boshla-nadi. Uz. 80 km dan ortiq. Havzasining mayd. 389 km2. P. yuqori oqimida chuqur da- ralardan, Nanay qishlog’i yonida tog’dan chiqib Qorabali vodiysidan oqadi. Kat- ta yoyilma hosil qiladi. Shu erdan soy suvi sug’orish arik/iapnra olinadi. Qor, yomg’ir, er osti suvlaridan va qisman muz- liklardan to’yinadi. Havzasida umumiy uz. 4 km dan ortiq 6 ta muzlik bor (mayd. 1,9 km2). Iillik o’rtacha suv sarfi 6,1 m3/ sek., oqim moduli 15,7 l/sek, km2, Vege- tasiya davrida yillik suvining 80% i oqib o’tadi. P. dan Namangan viloyati Yangiqo’r- g’on tumanining ekin maydonlari suv ichadi. Soy vodiysida Zarkent va Nanay qishloqlari bor.