Potsdam

Potsdam — Germaniyadagi shahar. Brandenburg erining ma’muriy Mar- kazi. Berlindan Jan.-G’arbdagi ko’llar bo’yida joylashgan. Aholisi 129,8 ming kishi (1998). Transport yo’llarining yirik tuguni. Xafel daryosi bo’yidagi port. Mashinasozlik rivojlangan. Kimyo- farmasevtika, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Mamla- katning tarixiy va mada-niy markazla- ridan. Kinematografiya va televidenie oliy maktabi, astrofizika rasadxonasi, muzey bor. P. yilnomalarda 10-a.dan tilga olingan. 13-a.da Brandenburg Markg- rafligi tarkibiga kirgan. 15-a.da shahar huquqini olgan. 18-a. oxiridan Prussiya qirollarining yozgi qarorgohi. P.da 1945 y.da SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya davlat rahbarlarining kon- ferentsiyasi (Berlin konferentsiyasi) bo’lib o’tgan. Me’moriy yodgorliklaridan 18-19-a.larda qurilgan saroy va Cher- kovlar, shu jumladan, San-Susi saroy- bog’majmuasi (1745-62) saqlangan.