Pop tumani

Pop tumani — Namangan viloya- tidagi tuman. 1926 y. 28 sent.da tashkil etilgan. 1930 y.dan Chust-Pop tumani nomi b-n atalgan. 1931 y.da, Chust tumani ajralib chiqqanidan keyin, Pop tumani deb atalib kelinmoqda. 1947-60 y.larda Namangan viloyati tarkibida, 1960-67 y.larda Fargona viloyatida, 1967 y. dek. dan yana Namangan viloyati tarkibida. P.t. Namangan viloyati maydonining 43,8%, aholisining 9% ini va yaylovla- rining asosiy qismini tashkil etadi. Tuman shim.dan Qirg’iziston Respubli- kasining Jalolobod viloyati, sharqdan Namangan viloyatining Chust, Mingbuloq, Jan.dan Far-g’ona viloyatining Buvayda va Dang’ara tumanlari, garbdan toji- kiston Respublikasining Asht tuma- ni, Toshkent viloyatining Ohangaron va Bo’stonliq tumanlari b-n chega-radosh. Chegarasining uz. 344 km. bo’lib, shim. dan Jan.ga Chatqol, Qu-rama tizmalari- dan Markaziy Farg’ona tekisliklarigacha bo’lgan kengliklarni egallaydi. Mayd. 2,94 ming km2. Aholisi 170 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Pop), 5 shaharcha (Navba-hor, Oltinkon, Uyg’ursoy, Chorke- sar, Xalqobod), 10 qishlok, fuqarolari Yi-g’ini (Madaniyat, Mamatjon toshma- tov nomli, Nayman, Paxtaobod, Pungan, Uyg’ur, Pop, Umrzoqov, Chodak, yangi-hayot) bor. Markazi — Pop sh. Tabiati. Tuman hududi Fargona vo- diysining shim.da, Namangan viloyati- ning shim.-g’arbiy qismida, Qurama tog’ tizmalarining Jan. yon bag’ri va sirda- ryo vohasida, geologik faol zonada joy- lashgan. Relefi tekislik, adirlar va tog’lardan iborat bo’lib, Jan.dan shim. ga ko’tarila boradi. Jan. da (Qoraqalpoq cho’lida) va Achchiqko’l massivida bal. 350-400 m, shim.da, Chatqrl tog’larida esa 4000-4500 m ga etadi. Sirdaryo- ning har ikki tomonidagi tekislik dehqonchilik qilinadigan asosiy erlar- dir. Iqlimi kontinental. Yozi issiq, uzoq, qishi nisbatan yumshoq va qisqa. Iyulning o’rtacha t-rasi 27,8°, yanv.niki -2°, -9°. Yillik yog’in 120-330 mm. Tumanda tez-tez shamol bo’lib turadi (tezligi sekundiga 1-4 m, ba’zan 24— 26 m ga etadi). Tuman hududidan sir- Daryo, shim. Farg’ona va Oxunboboev no- midagi kanallar, tog oldi adirlaridan Cho-daksoy, G’ovasoy, Jabborsoy, olmos- soy, Uyg’ursoy, Tuzliksoy, Ugrijarsoy, Selgasoy, tog’lar orasidan keng-Ko’lsoy, Sansalaksoy, Rezaksoy va b. soylar oqib o’tadi. Shuningdek, Qaznoq va Tavot ko’llari bor. Tuman hududida tuproq va o’simliklar Jan.dan shim. tomon o’zgarib boradi. Sirdaryoning chap sohilidagi Karakal poq cho’lida ko’chma qumlar va qum bar- xanlari orasida sho’rxoklar uchraydi. O’zlashtirilgan erlarning tuprog’i och tusli bo’z tuproklardir. Bu erlar- da yovvoyi o’simliklardan saksovul, izen, yantoq, qamish, yulg’un va b. o’sadi. Sir-Daryo va b. daryolarning odoq va qayirlarida o’tloqi-botqoq va to’q tus- li bo’z tuproklar uchraydi. Sho’rxok va sho’rtoblar ham bor. Bu erlarda tol, turang’il, yulg’un, sho’ra, yalpiz, qo’g’a va b. o’simliklar o’sadi. Adir zonasida shag’al va chag’ir toshlar, jigarrang tuproqlar tarqalgan. O’simliklari, asosan, EFE- mer va efemeroidlardir. Tog’zonasida er yuzasi qoyalar va tog’o’tloq tuproqlari b-n qoplangan. Bu erlarda yantoq, archa, tog’terak, yovvoyi olma, do’lana kabi turli daraxt va butalar, shirach, betaga, shuvoq, isiriq va b. o’sadi. Tog’yaylovlaridan keng foydalaniladi. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuning- dek, tojik, rus, tatar, ukrain, qirg’iz, uyg’ur va b. millat vakillari ham yashay- Di. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2ga 58 kishi. Shahar aholisi 40,7 ming kishi, qishloq aholisi 129,3 ming kishi (2003). Xo’jaligi. Sanoat tuman iqtisodiyotida muhim o’rin tutadi. Tu- manda qurilish materiallari, engil, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoatla- ri asosiy tarmoqlardan hisoblanadi. P.t.da 11 sanoat korxonasi, shu jumla- dan, 3 ta qo’shma korxona, avtokorxona va b. faoliyat ko’rsatadi. Q.x.da paxtachilik etakchi o’rinda. G’allachilik, sholikorlik, mevachilik, tokchilik, polizchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, asalarichilik, pillachilik ham muhim o’rin tutadi. Tumanda 13 shir- kat, 480 dan ziyod fermer, 13380 dexxon, 1 o’rmon, 1 jamoa xo’jaliklari, 3 q.x. kor- xonasi mavjud bo’lib, ularda 21,9 ming- dan ortiq kishi meh-nat qilmoqdalar. P.t.da jami sug’oriladigan er may- doni 39,3 ming ga, shu jumladan, 31 ming gektarga yaqini ekin maydoni bo’lib, 16,3 ming ga erga paxta, 11,8 ming ga erga don, 245 ga erga kartoshka, 471,5 ga erga sab- zavot, 154 ga erga poliz, 1922 ga erga em- xashak ekinlari ekiladi (2002). Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 28,4 mingga yaki ni krra- mol (shu jumladan, 12 ming sigir), 59,4 mingga yaqin qo’y va echki, 9,5 mingdan ziyod par-randa, 336 ot boqiladi (2002). Tumandagi kollektor-drenaj tarmokla- rining uz. 778,2 km. P.t.da 2002/03 o’quv yilida 38 umumiy ta’lim maktabida 39,5 ming o’quvchi, 2 akademik liseyda 800 o’quvchi, 5 kasb-hunar kollejida 2 mingga yaqin talaba ta’lim oldi. Tuman- da 40 jamoat kutubxonasi (kitob fondi 504,7 ming asar), 17 klub, 3 stadion, 3 suzish havzasi, 35 sport zali ishlab tu- ribdi. 111 jismoniy tarbiy jamoalari bor, 44,2 ming kishi sport b-n muntazam shu-g’ullanadi. 11 kasalxona (810 o’rin), 23 ambulatoriya va poliklinika, 27 do- rixona, 2 feldsher-akusherlik punkti, 16 qishloq vrachlik punktlarida 324 vrach (har 10 ming kishiga 20,9 vrach), 1652 o’rta tibbiy xodim ishlaydi. P.t.da 1931 y. 20 noyab.dan “Pop ton- gi” gazetasi chiqariladi.