Pop zilzilasi

Pop zilzilasi – 1984 y. 17 Fevda soat 23 dan 27 min. o’tganda sodir bo’lgan. Zilziladan Pop va uning atrofidagi bir qancha qishloqlar tala-FOT ko’rgan. Zilzila kuchi episentrda 8 ballga etgan, magnitudasi 5,7, chuq. 15 km. Bu hudud uchun zilzila tasodifiy hol bo’lmasdan, balki seysmotektonik izlanishlar na- tijasida oldindan (1976 y.) belgilab qo’yilgan Namangan seysmogen zonasi- da ro’y bergan. Bu zona uchun oldindan ko’rsatilgan joyda zilzilaning bo’lishi olimlar bashoratini oqladi. Asosiy zilziladan so’ng bir oy ichida 50 dan ortiq 5-6 balli tebranish takrorlandi. Ulardan Uyg’ursoy, Mirzatol, Pop, Nay- man, Xo’jaobod, Sang, G’urumsaroy, Chust kabi shahar va qishloqlar jiddiy zarar ko’rgan. Tog’larda ko’chkilar sodir bo’lgan, Sirdaryo qirg’oqlarida kengligi 15-25 sm li yoriqlar vujudga kelgan. Bundan keyin ham kuchli zilzilalar faqat shu zo- nada sodir bo’lishi mumkin.