Pragmatika

Pragmatika (Yun. pragma, pragmatos — ish, harakat) — semiotika va tilshunoslikning nutqda til bel- gilarining amal qilishini o’rganuvchi sohasi; boshqacha aytganda, muayyan bel- gilar tizimini o’zlashtirib, undan foy- dalanuvchi sub’ektlarning ayni shu bel- gilar tizimiga munosabatini o’rganuvchi fan tarmog’i. P. haqidagi asosiy g’oya amerikalik olim Ch. Pirs tomonidan o’rtaga tashlangan; yana bir amerikalik olim Ch. Morris ushbu g’oyani rivojlan- tirgan va “P.”terminini semiotika bo’limlaridan birining nomi sifatida amaliyotga kiritgan. P. insonning ijtimoiy faoliyati – ni o’zida qamrab oluvchi nutq jarayo-ni, muayyan aloqa vaziyati orqali namoyon bo’ladi. Lingvistik P. aniq shakl, tashqi ko’rinishga ega emas; uning do-irasiga so’zlovchi sub’ekt, adresat, ularning aloqa-aralashuvdagi o’zaro munosabatla- ri, aloqa-aralashuv vaziyati b-n bog’liq ko’plab masalalar ki-radi. Mas, nutq sub’ekti b-n bog’liq holda quyidagi ma- salalar o’rganila-Di: bayonning oshkora va yashirin maqsadlari (biron-bir axborot yoki fikrni etkazish, so’roq, buyruq, il- timos, maslahat, va’da berish, uzr so’rash, tabriklash, shikoyat va b.); nutq takti- kasi hamda nutq odobi turlari; suhbat, so’zlashish qoidalari; so’zlovchining maqsadv; so’zlovchi tomonidan adre- satning umumiy bilim jamg’armasi, dunyoqarashi, qiziqishlari va b. xislat- lariga baho berilishi; so’alovchining o’zi bayon qilayotgan xabarga munosaba- ti kabilar. P.da nutq adresati, o’zaro aloqaga kiruvchilarning munosabatlari, muayyan aloka vaziyati singari omillar b-n bog’liq qolda qam ko’plab masalalar o’rganiladi. P. g’oyalari evristik (yo’nal- tiruvchi) dasturlash, mashina tarjima- si, informasion-qidiruv tizimlari va b.ni ishlab chiqishda qo’llanadi. Abduvahob Madvaliev, Yo’ldosh So- lijonov.