Pragmatizm

Pragmatizm (Yun. pragmatos — ish, harakat) — falsa-fiy ta’limot. 19- a. ning 70-y.larida AQSh da shakllanib keng rivojlandi, bu mamlakat ma’naviy hayotiga katta ta’sir ko’rsatdi. O’tmish falsafasini hayotdan AJ-ralib qolgan, mavh-um, kuzatuvchan xarak-terga ega, deb bilgan. P. vakillari “falsa-fani ta’mirlash” da-sturini olg’a surdilar. Ular, falsafa borliq va bilishning ilk asoslarini idrok etishdan iborat bo’lib qolmasligi ke-rak, balki kishilarning oldida ko’ndalang bo’lib turadigan, tur- li hayotiy vaziyat, faoliyat jarayonida ular duch keladigan muammolarni hal qilishi kerak, deb hisoblaydilar. P. amalietda insonga nima ko’proq foyda bersa, o’shanga ko’proq ahamiyat berish za- rur, degan g’oyani ilgari suradi. P.ning asosiy g’oyalari Ch. Pirsnnki bo’lib, qoidalarini u. Jems, J. Dyui, F.K. S. Shiller, J.G.Mid ishlab chiqqanlar.