Praga universiteti

Praga universiteti, Karl universiteti — Evropadagi eng qad. un- tlardan biri va ilk slavyan un-ti. 1348 y. Karl IV asos solgan. Chexiyaning Pra- ga sh.da. Dastlab un-tda erkin san’at, huquq, tibbiyot, teologiya f-tlari bo’lgan. Guschilar harakati davrida milliy ozod- lik va katolik cherkoviga qarshi kurash markazi hisoblangan. 2 marta Yan Gus rektorlikka saylangan. 1882 y. nemis va Chex un-tiga bo’lingan. Chexoslovakiyani nemis-fashistlari bosib olgan davrda Chex un-ti ishlamagan. 1945 y.dan keyin faoliyati qayta tiklangan. Mat., fizika, tibbiyot, pediatriya, falsafa, huquq, ma- daniyat, jurnalistika, jismoniy tarbiya va sport, ped. bo’yicha mutaxassislar tay- yorlaydi. 25 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi. Kutubxonasi (1348)da 2 mln.dan ortiq asar saqlanadi.