Prandtl (Prandtl) Lyudvig

Prandtl (Prandtl) Lyudvig (1875.4.2, Frayzing, Bavariya — 1953.15.8. Gyottingen) — mexanika sohasidagi nemis olimi, amaliy gidroa- eromexanika ilmiy maktabining asoschi- si. Myunxendagi Oliy politexnika bi- lim yurtini tamomlagan. Gannoverdagi Oliy texnika bilim yurti prof. (1901 y. dan), Gyottingen un-ti prof. (1904 y.dan). Gyottingendagi gidroaerodinamika in- ti direktori (1925-47). Ilmiy ishla- ri elastiklik va plastiklik nazariyasi, gidroaeromexanika, gaz dinamikasi va dinamik meteorologiyaga oid. Qanotning aerodinamik nazariyasini rivojlantir- gan, gaz oqimida issiqlik uzatish muam- mosi masalalarini tekshirgan, suyuklik va gazlarda sodir bo’ladigan issiqlik jarayonlariga taalluqli o’xshashlik me- zonini topgan (P. soni). As: gidroaeromexanika [rus. Per.], M., 1951.