Pripyat

Pripyat — Belorussiya va Ukra- inadagi Daryo. Dneprning o’ng irmog’i (Kiev suv omboriga quyiladi). Uz. 775 km, havzasining mayd. 114,3 ming km2. Daryoning ko’p qismi Polese pasttekis- ligidan oqib o’tadi. Dek.da muzlab, mart- da muzdan bo’shaydi. Asosiy irmoqlari: o’ngdan — Stoxod, STIR, Gorin, Ubort, Uj, chapdan — Yaselda, Lan, Sluch, Ptich. O’rtacha suv sarfi quyilish joyi- da 460 m3/sek. Quyilish jo-yidan 500 km da kema qatnaydi. Yog’och oqiziladi. Baliq ovlanadi. P. bo’yida Pinsk, Petrikov, Mozir, Narovlya, Chernobil sh.lari joylashgan. P. Dnepr—bug kanali orqali bug daryosi b-n va Dnepr—Neman (Ogin) kanali orqali esa (Shchara daryosi orqali) Neman daryosi b-n bog’langan.