Prishvin Mixail Mixaylovich

Prishvin Mixail Mixaylovich [1873.23.1(4.2), Lipesk viloyati Eles tumani — 1954. 16. 1, Moskva] — rus yozuvchisi. Leypsig un-ti falsa- FA f-tini tugatgan (1902). Qrim va qo- zog’istonga qilgan safari natijasida esa “odam ato va Momo havo” (1909), “Qora Arab” (1910) singari ocherklari- ni yozgan. “Berendey buloqlari” (1923) ocherki, “Kashchey zanjiri” (1923) va “Turnalar o’lkasi” (1929) romanlari mu- allifi. P. butun umri davomida tabiat, ov va o’lkashunoslik b-n qiziqqani, o’z hayoti mazmunini tabiat b-n uyg’unlikda ko’rgani uchun ta-biatga mexr motivi uning butun ijodi bo’ylab “kizil ip” yanglig’o’tib turadi. Uning hatto kata epik asarlarida ham tabiatga bo’lgan mexr, u b-n uyg’unlikda yashash va tabiat- ni asrash g’oyasi yotadi. P. 40-50-y.lar “Kiyinmagan ko’klam” qissasi, “Fatse- liya” nasriy dostoni (1940), “Quyosh xa- zinasi” (1945) ertak-rivoyati kabi asar- larini yozgan. Yozuvchi vafotidan keyin uning “zamin ko’zlari” kun-daliklari, “Osudar yo’li” (1957) roman-ertagi e’- lon qilingan.