Pyotr I
Pyotr I [1672.30.5(9.6), Moskva -1725.28.1(8.2), Peterburg] — rus pod- shosi (1682 y.dan), Rossiyaning 1-im- peratori (1721 y.dan). Podsho Aleksey Mixaylovich (1629-76)ning kichik o’g’li. Rossiyaning davlat, har-biy va madaniyat arbobi, diplomat. Davlatni boshqarishda bir necha islohotlar o’tkazgan (Senat, kollegiyalar, oliy davlat nazorati va siyosiy qidiruv organlari tuzilgan; cherkov davlatga bo’ysundirilgan; mam- lakat gubernalarga bo’lingan; yangi poy- taxt — Sankt-Peterburg qurilgan). Rossiyaning G’arbiy Evropadagi ilg’or davlatlardan ortda qolganligiga barham beri sh uchun sanoat va savdo sohasida merkantilizm siyosati o’tkazgan (manu- fak-turalar, metallurgiya, konchilik z-dlari, kemasozlik korxonalari, pri- stanlar, kanallar qurishga rahnamolik qilgan). 1695-96 y.larda Azov yurishla- rida, 1700-21 y.larda Shimoliy urush va b.da armiyani boshqargan, Noteburgni olishda (1702), Lesnaya da-ryosi (1708) va Poltava jangi (1709) da qo’shinlarga qo’mondon bo’lgan. Flot va muntazam ar- miya tuzishga rahbarlik qilgan. Mutlaq hokimiyat tizimining yirik mafkurachi- si sifatida dvoryanlarning iqtisodiy ahvolini yaxshilash va siyosiy mavqeini mustahkamlashga yordam bergan. P.1 ta- shabbusi b-n bir qancha o’quv yurtlari, FA ochilgan, Di-niy-slavyan alifbosi o’rniga grajdan alifbosi qabul qilingan va h.k. P.1 islohrtlari moddiy imkoniyatlar va odam kuchini qattiq ekspluatasiya qilish, xalq ommasini ezish (jon solig’i va b.) hisobiga o’tkazilganki, natijada bunga qarshi qo’zg’olonlar (Streleslar, 1698; Astraxon, 1705-06; Bulavin, 1707-09 va b.) bo’lib hukumat tomonidan ayovsiz bostirilgan.