Raketa quroli

Raketa quroli — raketa yordamida shikastlash vositasi (bomba, snaryad) nishonga yetkaziladigan qurol. Otish joyi va nishonning o’rniga qarab, Raketa quroli quyidagi sinflarga bo’linadi: “yer — yer” (yerdan turib yerdagi nishonga otiladi), “yer — havo” (yerdan turib havodagi nishonga otiladi), “yer — kema”, “havo — yer”, “havo — havo”, “havo — kema”, “kema — kema”, “kema — havo”. Vazifasiga ko’ra, Raketa quroli strategik, operativ — taktik, taktik turlarga bo’linadi. Shikastlash vositasini nishonga yetkazish uzoqligi bo’yicha ancha yaqin (10 kilometrgacha), yaqin (10-100 kilometrgacha), o’rtacha yaqin (100-500 kilometr), ancha uzoq (qit’alararo, 5500 kilometrgacha) Raketa quroli farqlanadi. Raketa quroli 20-asr 50-70-yillarida keng rasm bo’ldi.