Simfoniya

Simfoniya (Yun. symfonia — ohangdoshlik) — simfonik musiqaning etakchi janri, kompozitorlik yunalishi- dagi cholg’u musiqaning oliy shakli. Sim- fonik orkestr ijrosiga muljallangan; ba’zi slarda xor va yakkaxon xonandalar ham jalb etiladi. Bundan tashqari, tor- li orkestr, puflama sozlar orkestri va b. orkestrlarga muljallangan slar ham uchraydi. S.ning mumtoz shakli umumiy g’oya va yaxlit dramaturgiyaga asoslangan 4 qismli turkumni tashkil etadi: 1-qismi — mavzularning qaramaqarshiligi hamda jadal rivoji b-n bog’liq buladi; 2-qismi — lirik chekinish vazifasini bajaradi; 3-qismi — menuet yoki skerso xarakterida yoziladi; 4-qismi — ko’pincha tantanavor, jo’shqin xotimadir. “S”. atamasi Evropa mamlakatlari- da turli ma’nolarda qo’llanilgan. Y. Gaydn, V. Mosart va, ayniqsa, L. Bet- xovenlar Sning klassik namunalarini yaratdi. 19-a. kompozitorlaridan F. Shu- Bert, g. Berlioz, I. Brams, A. Dvorjak, S. Frank, A. Brukner, G. Maler, A. Borodin, P. Chaykovskiy, A. Skryabin va b. S. ri- vojiga muhim hissa qo’shgan, janrning mavzu va mazmunini boyitgan. 20-a. kom- lozitorlari ijodida S. yangi bosqichga ko’tarildi. N. Myaskovskiy, D. Miyo, S. Prokofev, Ya. Sibelius, P. Xindemit, D. Shostakovich, I. Stravinskiy, B. Mar- tinu, A, Onegger, A. Shnitkelar S. usta- lari sifatida tanilgan. O’zbekistonda 1930y.lardan simfo- nik musikaning jadal rivojlanishi Sning paydo bulishiga zamin buldi (g. Mushelning 1S.si, 1938). Keyingi y.larda yirik mavzular, falsafiy goya- larni mujassamlantiruvchi janr sifa- tida S.ga qiziqish kuchaydi (Mushel- ning 2 va 3 S.lari, M. Shteynbergning 5 S—rapsodiyasi, M. Ashrafiyning 1va 2S.lari va b.). 1960y.larning 2-yarmi- da O’zbekistonda dasturli S. ravnaq gopib, B. Zeydman, R. Hamroev, B. Gien- ko va boshqalar S.lar ijod qilishdi. 19702000y.larda R. Vildanov (4 ta), Sayfi Jalil (2 ta), T. Qurbonov (10 ta), M. Tojiev (19 ta), ik. Akbarov (3 ta), M. Mahmudov (3 ta), N. G’iyosov (12 ta) va b. kompozitorlar S. yaratganlar. S.ga yaqin uslubda yaratilib, undan hajman kichikligi, mazmuni va bayoni soddaligi b-n farq qiluvchi asar simfo- nietta deb ataladi.