Sinov daftarchasi

Sinov daftarchasi – oliy o’quv yurti talabalari, kasb-hunar kollejla- ri va akademik lisey o’quvchilarining muayyan ta’lim muassasasiga tegish- li ekanligini tasdiklovchi akademik hujjat. S.D.da o’quv rejasidagi bar- cha fanlardan talaba yoki o’quvchining olgan baholari qayd qilinib, uning o’zlashtirish darajasi aks etadi. Unga imtihon, sinov baholari qo’yiladi hamda lab. mashg’ulotlari va b. ishlardan, i.ch. o’quv amaliyotidan o’tganligi qayd etiladi. S.D.da talaba va o’quvchilarning kursdan kursga ko’chganligi haqida bel- gi qo’yiladi. S.D. bitiruvchiga tegishli mutaxassislik yuzasidan diplom (serti- fikat) berishga asos bo’ladigan rasmiy hujjat hisoblanadi.