Sirena

Sirena (Frans. sirene) — kat- ta intensivliqdagi tovush to’lqinlari tarqatadigan akustik asbob. Unda kuch b-n otilib chiqayotgan gaz (havo) yoki bug’ oqimi teshikteshik disk b-n yoki votka- na usulda to’siladi. Shunda chiyillagan yoki chinqirgan tovush hosil bo’ladi. Ish tarziga kura. S. dinamik (aylanuvchi) va pulslanuvchi xillarga bo’linadi. Dina- mik S. kengroq tarqalgan. Bunday S.ning radial va o’qaviy xillari bor. Radial S.da gaz (havo) oqimi o’qqa perpendiku- lyar ravishda radius bo’yicha yo’naladi, o’qaviy S.da oqim aylanish o’qiga mos keladi. S.ning quvvati o’nlarcha kVt ga etishi mumkin. S. mayoklar, kemalar, Pa- rovozlar va b.da, aholini xavfxatardan ogoxlantirish uchun ishlatiladi.