Sut sanoati

Sut sanoati — sutdan turli sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan oziqovqat sanoati tarmog’i. S.s. tarki- biga sariyog’, sut, qatiq, qaymoq, smeta- na, quruq sut, sut konservalari, pishloq (sir), tvorog, brinza, muzqaymoq, kazein va b. mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. O’zbekistonda 20-a. ning 20y.lari oxirlariga qadar sut- dan xonaki usullarda qaymoq, qatiq, ayron, suzma, qag’anoq, pishloq, qurt kabi mahsulotlar, qatiqni kuvda pishib sariyog’tayyorlangan. O’zbekistonda birinchi sut z-Di 1928 y.da Toshkent sh.da ishga tushirilgan. 1940y.ga kelib respublikaning yirik shaharlarida qurilgan 13 ta sut z-Di ishladi (ularda 30,4 ming t sut qayta ishlangan va asosan yogi olinmagan sutqatiq mahsulotlari, sariyog’ishlab chiqarilgan). 50y.lar oxiriga kelib sut z-dlari soni 25 taga etdi (293 ta sut qabul kilish punktlari tashkil etil- Di), ularning 21 tasida bug’xonalar ku- rildi. 1960-70 y.larda Termiz (1961), Andijon (1962), Urganch (1964), Navo- iy (1965), G’azalkent (1966), Namangan (1966), Xo’jayli (1968), Jizzax (1969) sh.larida zamonaviy sut z-dlari ishga tu- shirildi. 1974 y.da Toshkentda bir sme- nada 150 t sut va sut mahsulotlari ish- lab chiqaradigan sut k-ti foydalanishga topshirildi. 1975-85 y.larda bir kecha- kunduzda 50-30 t sutni kayta ishlaydi- gan Farg’ona, Qo’qon, Angren, Olmaliq, Guliston, Jizzax, Kattaqo’rg’on, Chirchiq sh.larida sut ktlari ishga tushirildi. Sut z-dlari smetana, qaymoq, pishloq kdsoklash va sutni butilkalarga quyish avtomat liniyalari bilan jihozlandi, 156 separator bo’limlari qurildi. S.s. korxonalarida kichik yoshdagi bolalar uchun sut mahsulotlari, buzo- klarni boqish uchun sun’iy sut ishlab chiqarish. yo’lga qo’yildi. 1990 y.ga ke- lib O’zbekiston Seda 684,1 ming t yog’i olinmagan sut va sut mahsulotlari, 15,9 ming t sariyog’, 2,1 ming t qattiq va yumshoq pishloq, 20,7 ming t yogeiz sut mahsulotlari, 8,2 ming t muzqaymoq ish- lab chiqariddi. 90y.lardan boshlab S.s. korxo-nalarini texnik jihatdan qayta qurollantirish, xorijiy texnologi- yalar,1 qadoqlash avtomatlari bilan jixrzlash amatga oshirildi, chet el firmalari bilan hamkorlikda kaymoq, kazein, yogurt kabi mahsulotlar ish- lab chiqaradigan, quvvati 10 tg’sutka bo’lgan 15 mini z-dlar barpo etildi, qo’shma korxonalar kurildi. “Buxoro- sut”, “Farg’onasut” aktsiyadorlik jami- yatlari O’zbekiston—Britaniya qo’shma korxonasi, “Bravosut” (Samarqand sh.), O’zbekiston — “Nestle” (Namangan sh.), Toshkent sh.da “Vimm Bill Dann — Markaziy Osiyo” (Rossiya — O’zbekiston) qo’shma korxonalari shular jumlasidan- dir. 1993 y.da Respublika go’sht va sut sanoati vazirligi, qoramollarni bo’rdoqiga boqish birlashmalari negizi- da “O’zgo’shtsutsanoat” birlashmasi tash- kil etildi. Respublikadagi barcha toifada- gi xo’jaliklarda 4,03 mln. t sut ish- lab chikarildi (uning 96% dehqon xo’jaliklarida etishtirildi), 790 t sariyog’, 6,3 ming t sut va sut maxsulotla- ri, 2715 t muzkaymoq tayyorlandi (2003). 2003 y. dek.dan to’liq xususiylashtiril- gan S. s. korxonalarini birlashtiradi- gan “O’zgo’shtsutsanoat” uyushmasi tar- kibida 40 dan ortiq sutni qayta ishlash korxonalari ishlaydi. Ularning ishlab chiqarish. kuvvatlari bir smenada 1067,7 t sutni kayta ishlash, 25 t sariyog’, 11,8 t sir, 20,8 t muzqaymoq, 15 t yog’i olingan quruq sut va b.ni tashkil etadi (2004). S.s. korxonalari zamonaviy pasterlash, sterilizasiyalash, sovutish, bug’lash, mahsulotni qadoqlash uskunalari bilan jihozlangan, avtorefrijiratorlar, sut va b. maxsulotlarni tashiydigan avtomo- billarga ega. Po’lat Tursunxo’jaev, Nuriddin Mu- saev.