Tariqat

Tariqat-so’fiylikka xos atama bo’lib, uch ma’noda ishlatilgan: 1) umuman so’fiylik yo’li; 2) so’fiylikning muayyan tarmog’i, yo’nalishi; 3) so’fiylik bosqichlaridan biri. Tariqatni so’fiylik yo’nalishlari, tarmoqlari ma’nosida qo’llash keng tarqalgan. Tariqatga qadam qo’yish – tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechish hamda ixtiyorni pirga topshirishdan boshlanadi. O’rta Osiyoda naqshbandiylik, kubraviylik, yassaviylik tariqatlari tarqalgan.