Tazar

Tazar-yomg’ir, qor suvlarini yig’ib, shahar tashqarisiga chiqaruvchi maxsus qurilma. O’rta asrlarda O’rta Osiyo shaharlarida mavjud bo’lgan. Tazar to’rtburchak shaklda, ustki tomoni ochiq sopol novalardan qilingan. Novaning ikki cheti pishiq g’ishtdan devorga o’xshab ishlab chiqilgan. Usti pishiq g’ishtda rovoqsimon qilib yopilgan. Shahar ichidagi maxsus o’rada yig’ilgan suv tazar orqali shaharning shimoliy va sharqiy qismidagi mudofaa devoridan tashqaridagi jarlikka tushirilgan.