Tiyul
Tiyul-O’rta Osiyoda feodlizm davrida tanho atamasi tiyul ma’nosida ishlatilgan. Abdurazzoq Samarqanddiy asarida harbiy amaldorlarga oziq-ovqat uchun beriladigan maosh tiyul deb nomlangan. XVI asrning ikkinchi yarmida shartli ravishda muvaqqat in’om qilingan yer tiyul hisoblangan. Bek yoki hokim biron kimsaga muayyan xizmatni bajarib turgan vaqtida tasarruf qilishi uchun yoki kattaroq xizmati evaziga vaqtincha yoki umrbod foydalanish uchun tiyul bergan. Tiyul asta-sekin vaqtincha tasarruf qilinadigan shartli mulkdan meros tariqasida o’tadigan mulla aylandi.