Triangulyasiya

Triangulyasiya (lot. Triangulum uchburchak) — geodezik tayanch shoxobcha punktlari planli o’rnini uchburchaklar tizimi yordamida aniqlash usuli. Boshlang’ich deb ataluvchi T. punktlaridan birining koordinatalari va boshlang’ich orientirlash tomoni (bazis) ning azimuta astronomik kuzatishlar orqali aniklanadi. ABC uchburchakning AV tomoni (raem, a) va barcha ichki burchaklari ma’lum bo’lsa, qolgan tomonlari uzunligini sinuslar teoremasiga asosan hisoblab chiqariladi. BCD uchburchakning CD va BD tomonlari esa vs tomon va ichki burchaklar kiymatlaridan topiladi va h. k. Uchburchaklar tizimi katorlar yoki yalpi uchburchak( lar tarmog’i ko’rinishida quriladi (raem, b). Davlat T. tarmog’i burchak va masofa o’lchashanikligi,uchburchaktomonlarining uzunligi va shoxobchalarni xreil qilish tartibi bo’yicha bir-biridan farq qiladigan 1, 2, 3 va 4sinflarga bo’linadi. T. qurish umumiylikdan xususiylikka, katta uchburchaklardan kichiklariga o’tish printsipiga asoslanadi. Davlat T. tarmog’ining yuqori aniklikka ega bo’lgan 1sinfining asosiy vazifasi quyi sinflardagi T. tarmoklarini rivojlantirish va ular punktlari koordinatalarini yagona tizimda hisoblashni ta’minlashdir. 1sinf T. shoxobchalari tomonlari 20— 25 km li kator uchburchaklar va bu tomonlar taxm. meridianlar hamda parallellar bo’ylab yo’nalgan va 800-1000 km perimetrli poligon ko’rinishida quriladi. Davlat T. tarmog’ining 2va quyi sinflarini rivojlantirishdan maqsad, keyingi bosqichdagi geodezik va topografik ishlar uchun butun davlat hududida geodezik punktlar tarmog’ini zarur zichlikda ta’minlashdan iborat. 2sinf T. da tomonlari 10 -20 km li uchburchaklardan va bu tomonlar 1sinf poligonini qoplaydigan shoxobchalar ko’rinishida quriladi. 1 va 2sinf T. shoxobchalari asosida 3 va 4sinf punktlari aniqdanadi. T. ning burchaklari teodolit bilan, uchburchakning bazis tomonining uzunligi uzoklikni o’lchagich yoki uzunlikni o’lchovchi sim bilan o’lchanadi. Davlat T.si 1, 2, 3 va 4sinflari punktlarining umumiy zichligi har 50 km2 ga kamida bitta punktni tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasi hududida qozirda 1942 y.da qabul qilingan geodezik koordinatalar tizimi (SK42) amal qiladi. Ayni paytda O’zbekistonda Davlat er yo’ldoshi geodezik tarmoqlari (DEYGT) tarkibi belgilangan bo’lib, ularni rivojlantirish umumdan ayrimga o’tish printsipiga asoslanadi. Er yo’ldoshlari radionavigasiya tizimlari NAVSTAR (AQSh) va GLONASS (Rossiya) hamda kosmik geodeziyaning boshqa usullaridan foydalanib quriladigan DEYGT o’z ichiga quyidagilarni oladi: referents geodezik punktlar tizimi (RGP); 0sinf Er yo’ldoshi geodezik tarmog’i (EYGT0); 1sinf er yo’ldoshi geodezik tarmog’i (EYGT1). DEYGT punktlarining o’rni koordinatalarning ikki tizimida — umumer va referents tizimlarida anikdanadi. Har ikkala tizimlarning orasida biridan ikkinchisiga o’tish parametrlari orqali aloqa bog’lanadi. T. Erning shakli va o’lchamlarini aniklashda, er qatlamining gorizontal harakatini o’rganishda, katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega, topografikgeodezik ishlar uchun geodezik asos vazifasini o’taydi.