Traktor

Traktor (ing. tractor, lot. traho — tortaman, tashiyman) — dvigatel yordamida xarakatlanuvchi g’ildirakli yoki gusenisali (zanjirli) o’ziyurar mashina. T. qurilish, qishloq xo’jaligi. ishlari va b. ishlarni bajarish, tirkama, o’rnatma va yarim o’rnatma jihozlarni tortish va harakatlantirish, muqim (stasionar) mashinalarni ishga tushirish uchun mo’ljallangan. Bug’mashinasi o’rnatilgan birinchi gildirakli T. 1830 y.da Angliya va Frantsiyada paydo bo’lgan, transport va harbiy ishda ishlatilgan. 1890 y.da AQSh da qishloq xo’jaligi. ishlarida qo’llanilgan. Gusenisali T.ni Rossiyada D. A. Zagryajskiy (1837) va A. P. Kostikovalmazovlar (1889) ixtiro qilishgan. 1988 y.da rus mexanigi F.A. Blinov bug’ mashinasi o’rnatilgan gusenisali T. yasab sinovdan o’tkazgan. 1895 y.da rus ixtirochisi ya. V. Mamin ichki yonuv dvigateli o’rnatilgan o’ziyurar gildirakli arava ixtiro qilgan. AQShdagi “Xartparr” (HartParr) firmasi 1901 y.dan boshlab ichki yonuv dvigateli o’rnatilgan g’ildirakli T. ishlab chikara boshladi. 1912 y.dan AQShda, keyinchalik Germaniya va b. mamlakatlarda gusenisapi T. ishlab chiqarila boshlandi. O’zbekistonda 1967 y. Toshkent traktor zdida paxtaga modifikasiya qilingan g’ildirakli T. lar ishlab chikarila boshladi. Yurish qismining tipiga qarab, qishloq xo’jaligi. va sanoatda ishlatiladitan T.lar farqlanadi. T.ni yaratish va ishlab chiqarish. tipaj (namuna) tizimi bo’yicha amalga oshiriladi. Standartga muvofiq, tipaj tizimi quyidagi tortish sinflari (modellari)ga bulingan: 0,2; 0,6; 0,9; 1,4; 2; 3; 4; 5; 6; 8; 10; 15; 25; 35; 50. Bundan 0,2—8 gacha tortish sinfdagi T.lar, asosan, qishloq xo’jaligi. da qolganlari sanoatda ishlatiladi. Ular orasida aniq farq qilinmaydi, chunki sanoat T.larining ayrimlari qishloq xo’jaligi. T.lari asosida ishlab chiqariladi. Q.x. T.larining o’ziga xos xususiyati shundaki, ular qishloq xo’jaligi.dagi texnologik jarayonlarning agrotexnik talablariga Moe bo’ladi; sanoat T.larining o’ziga xos xususiyati ekinlarni sug’orish va botqoqliklarni quritish hamda yo’llar qurish va b. ishlarida ishlatiladigan maxsus jihozlar (buldozer, trelyov o’rnatiladigan va b.) ning mavjudligi hisoblanadi. Gusenisali T.ning yurish qismi o’rmalovchi gusenisa (zanjir) bilan jiqozlangan. Gusenisalarning tayanch sirti katta, tuproqqa solishtirma bosimi kam, tuproq bilan yaxshi tishlashadi. Shu tufayli tortish kuchi katta, kam shataksiraydi, o’tish qiyin joylarda yura oladi. Biroq g’ildirakli T.ga nisbatan manyovrchanligi hamda turg’unligi past bo’ladi. G’ildirakli T. manyovrchan, universal, engil, ishlatish oson. Uning yo’l tirqishi katta bo’lgani uchun ekinlarga zarar etkazmay yura oladi. Ekin qator oralariga qarab bir o’qdagi g’ildiraklar orasini o’zgartirish mumkin. To’rt g’ildirakli T.larda 2 ta yoki 4 ta g’ildirak etakchi, uch g’ildiraklarda 2 ta g’ildirak etakchi bo’lishi mumkin. Q.x. T.lari umumiy ishlarga mo’ljallangan (tuproqqa yoppasiga ishlov berish, ekish va b. uchun), univer – sal chopiq (egatlar orasiga ishlov berish uchun); maxsus (bog’poliz, tokzor va b. uchun) xillarga bo’linadi. Umumiy ishlarga mo’ljallangan T. er haydash, ekin ekish, yoppasiga kultivasiya qilish, yig’imterim va b. og’ir ishlarda qo’llaniladi. Dvigateli kuchli, tortish kuchi katta, yo’l tirqishi kichik bo’ladi. Universalchopiq T., asosan, chopiq qilish va hosilni yig’ishda ishlatiladi. Tortish kuchi umumiy ishlarga mo’ljallangan T. larnikidan kichik, yo’l tirqishi ancha katta bo’ladi. Uzatmalar soni ko’p, g’ildiraklar orasini qator oralarining kengligiga moslab o’zgartirish mumkin. Maxsus T. universalchopiq yoki haydov T. lari asosida yaratiladi va, asosan, yurish qismining tuzilishi bilan farklanadi. Mas., paxtachilikka moslashtirilgan TTZ60.11 yoki TTZ80.11 tipidagi T. larda bitta oddingi va ikkita etakchi ketingi g’ildiraklar bo’ladi, ketingi ko’prik esa teleskopik qilib yasaladi. T. qismlari: ostov (ko’taruvchi qism), dvigatel, transmissiya, yurish kismi, boshqarish mexanizmi, ish va yordamchi jihozlar. Dizelli ichki yonuv dvigateli (q. Dizel) o’rnatilgan T. ko’p tarqalgan. Bunda dizel yonilg’isining issiqlik energiyasi tirsakli valni, undan butun mashinatraktor agregatini harakatga keltiradi. Transmissiya dvigateli ing mexanik energiyasi (aylantiruvchi moment, aylanish chastotasi) ni harakatlantirgichlar (engil g’ildiraklar yoki yulduzchalar) ga uzatadi. Transmissiyaning asosiy elementlari: tishlashish muftasi, uzatmalar qutisi, asosiy va oxirgi uzatmalar, burish mexanizmi. Tishlashish muftasi yordamida dvigatel transmissiyadan ajratiladi va unga oxista ulanadi. Uzatmalar qutisi harakat tezligi va tortish kuchining kattaligi hamda yo’nalishini o’zgartiradi. Asosiy uzatma bo’ylama vallardan harakatni ko’ndalang vallarga uzatadi hamda umumiy uzatish sonini oshiradi. Oxirgi uzatma (tsilindrik reduktorlar) aylanish chastotasini oxirigacha pasaytiradi va etakchi g’ildiraklar yoki yulduzchalarga uzatilayotgan aylantiruvchi momentni oshiradi, kerakli yo’l tirqishini hosil qilishga yordam beradi. T.ning burish mexanizmi (g’ildirakli T.da — differentsial, gusenisali T.da — friktsion muftalar yoki planetar mexanizmlar) yurish qismining etakchi elementlariga turli tezliklarda aylanish imkonini beradi; bu esa T.ga egribugri yo’llarda harakatlanishga imkon beradi. Yurish qismi aylanma harakatni ilgarilanma harakatga aylantiradi, shuningdek, T. dan tushgan yukni tuproqqa uzatadi va bu bilan T.ning manyovrchanligini oshiradi. U yo’naltiruvchi g’ildiraklar yoki zanjirni harakatlantirgichlar va yurish qismlarini T.ning ostoviga biriktiruvchi elementlardan iborat. Boshqarish mexanizmi (rul boshqarmasi, tormozlar) alohida agregatlarni ham, butun T. ni ham boshqarishni ta’minlaydi. Zamonaviy T. haydovchining mehnatini engillashtirish uchun gidravlik, pnevmatik va mexanik kuchaytirgichlar bilan jihozlangan; shuningdek, ish o’rnida kerakli sanitariyagigiena sharoitlari yaratilgan. Ish jihozlariga Tirkash qurilmalari, o’rnatma tizimlar, quvvat olish Vali, harakatlantirish shkivi, harakat tezliklarini kamaytirish uchun sekinlashtirgich, differentsialni blokirovkalash tizimi, yoritish tizimi va signalizasiya, etakchi g’ildiraklarni vazminlashtirgich, tekshirisho’lchash apparatlari va b. kiradi. T.ning konstruktsiyalari materiallar hajmini kamaytirish, dvigatelning quvvati va ish tezligini oshirish, T.ning tortish sifatini, shuningdek, mexanizatorlarning sanitariyagigiena sharoitlarini yaxshilash bo’yicha takomillashtirilmoqda. Toshkent traktor zdida qismlar komplekti Xitoydan keltirib yitiladigan quvvati 30 o.k.ga teng bo’lgan dvigatel o’rnatilgan BY30402 va BY300 rusumli, quvvati 80 o.k.ga teng bo’lgan dvigatel (Belorussiyadan keltiriladigan) o’rnatiladigan TTZ8010 va TTZ8011 ru – sumli, quvvati 60 o.k.ga teng bo’lgan dvigatel (Vladimir sh.dan keltiriladigan) o’rnatiladigan TTZ6010 va TTZ6011 rusumli, quvvati 100 o.k.ga teng bo’lgan dvigatel (“Kamens” firmasidan keltiriladigan) o’rnatiladigan TTZYUOK10 va TTZYUOK11 rusumli T.lar ishlab chiqarilmoqda. BY300 va BY3042 rusumli T. dehqon va fermer xo’jaliklari uchun mo’ljallangan bo’lib, ular “O’zqishloqxo’jalikmashxolding” kompaniyasida ishlab chiqariladigan PN230 plugi, MO’S0,18 mineral o’g’it sochgichi, PPO2 sabzavot urug’larini sepgich, FYC02 frontalyuklagich, NO2,1 meliorativ qurollar, R 0.1 V rotasion motiga, BZTX.OOOSB tishli boronalar agregatlanishi mumkin. TTZ100K11, TTZ8011, TTZ6011 rusumli T.lar paxtachilik T. lari bo’lib, qator oralari keng maydonlarda g’o’zaga ishlov berish va paxtani terib olish ishlarini kompleks mexanizasiyalashtirishda o’rnatma, yarim o’rnatma, tirkama mashinalar va ish qurollari bilan agregatlash uchun mo’ljallangan. TTZ100K10, TTZ8010, TTZ6010 rusumli T. lar universalchopiq T.lari bo’lib, turli xil qishloq xo’jaligi. ishlarini bajarishga mo’ljallangan; ularga o’rnatma uskunalar, tirkama mexanizmlar va b. ish qurollari tirkalishi mumkin.