Triko
Triko (Fransuzcha, tricoter to’qimoq) — 1) jun, yarim jun, paxta tolalari va kimyoviy tolalar aralashmasidan kalin qilib to’qiladigan kostyumbop gazlama. Yo’l-yo’l, katak va mayda gul hosil qilib (sarja o’rilishda) to’qiladi. Triko, asosan, erkaklar kostyumlari va yengil paltolar tikish uchun ishlatiladi; 2) trikotaj o’rilishning asosiy bir turi; 3) trikotajdan tikilgan, badanga yaxshi yopishib turadigan sportchilar kiyimi.