“Trivium”
“Trivium” (lotincha trivium — uch yo’lning kesishgan joyi) — o’rta asrlardagi “yetti erkin san’at”ning boshlang’ich va asosiy bosqichi. Unda fammatika, ritorika, dialektika o’qitilib, ta’lim oluvchilar nisbatan murakkab — kvadrivium bosqichiga tayyorlangan. “Trivium”da o’rganiladigan 3 va kvadriviumda o’qitiladigan 4 fan (arifmetika, geom., astronomiya, musiqa) “yetti erkin san’at” ni tashkil etgan hamda ta’lim oluvchilarga entsiklopedik bilim berishni nazarda tutgan.
O‘xshash so‘zlar
- «TURK ELI»
- «Turk so’zi»
- «Turkestanskie Vedomosti»
- «Turkiston albomi»
- «Turkiston milliy birligi»
- «Turkiston to’plami»
- «Turkiston viloyatining gazeti»
- «Turkiston-press»










