“Trivium”

“Trivium” (lotincha trivium — uch yo’lning kesishgan joyi) — o’rta asrlardagi “yetti erkin san’at”ning boshlang’ich va asosiy bosqichi. Unda fammatika, ritorika, dialektika o’qitilib, ta’lim oluvchilar nisbatan murakkab — kvadrivium bosqichiga tayyorlangan. “Trivium”da o’rganiladigan 3 va kvadriviumda o’qitiladigan 4 fan (arifmetika, geom., astronomiya, musiqa) “yetti erkin san’at” ni tashkil etgan hamda ta’lim oluvchilarga entsiklopedik bilim berishni nazarda tutgan.