TSIRKONIY QOTISHMALARI

TSIRKONIY QOTISHMALARI – tsirkoniy asosidagi qotishmalar. Tsirkoniyni ba’zi elementlar (niobiy Nb, qalay Sn, temir Fe, xrom Cr, nikel Ni, mis Si va alyuminiy Mr) bilan legirlab olinadi. Bu elementlar Tsirkoniy qotishmalar tarkibida 2-3% ni tashkil qiladi. Tsirkoniyga legirlovchi elementlar qo’shilganda uning puxtaligi ortadi, lekin plastikligi kamayadi. Mas, tsirkoniyning mustahkamlik chegarasi sb=800-1000 mn/m2 (80-100 kg/mm2), nisbiy uzayishi a=3-5% bo’lgan qotishmalari ma’lum. Tsirkoniy qotishmalarning 0,5—1% qalay, 0,2% temir, 0,3% nikel va qolgani tsirkoniydan iborat bo’lgan turi tsirkalloy, 0,3% qalay, 0,1% nikel, 0,1% niobiy va qolgani tsirkoniydan iborat bo’lgani ojennit deb ataladi. Tsirkoniyning suyuqlanish temperaturasi yuqori (1852°) bo’lishiga qaramay, ba’zi Tsirkoniy qotishmalar uncha issiqbardosh bo’lmaydi va amalda 400° dan yuqori bo’lmagan bug’suvli muhitlarda ishlatish uchun yaraydi. Tsirkoniy qotishmalar yadro energetikasida, kimyoviy apparatlar tayyorlashda, jarrohlik va boshqa sohalarda qo’llanadi.