Turkiyshunoslik

Turkiyshunoslik, turkologiya — turkiy tillarda so’zlashuvchi xalqlarning tillari, etnografiyasi, tarixi, adabiyoti, folklori, madaniyatini o’rganuvchi gumanitar fanlar majmui. Dastlab T., asosan, filologik fan sifatida rivojlandi. T.ning eng muhim manbalari: 7-11-a.ga mansub urxunenisey yozuv (bitik)lari, uyg’ur yozuvi yodgorliklari, o’rta asrlarda yashab, Arab, fors va turkiy tillarda ijod etgan mualliflarning asarlari va b. Turkiy qabilalar haqida Mahmud Koshg’ariy tomonidan to’plab tartibga solingan eng qad. ma’lumotlar to’plami — “Devonu lug’otshp turk” va Abulg’ozi Bahodirxonning tarixiyetnografik asarlari ham muhim ahamiyatga ega. G’arbiy Evropa turkiylar bilan 11 — 13-a.larda, Vizantiya hamda salibchilarning Saljuq turklariga qarshi kurashi paytida tanishadi. Turklar tomonidan Konstantinopol (hoz. Istanbul)ning bosib olinishi ularga bo’lgan qiziqishni yanada orttirdi. Evropa adabiyotida Usmonli turk imperiyasining dastlabki tavsifi 15— 16-a.larga mansub. G’arb sharqshunosligida T.ning 17-18-a. lardagi bosh yo’nalishi Usmonli turk imperiyasini, uning siyosiy va harbiy qudrati negizlarini o’rganishdan iborat bo’lgan. Evropadagi dastlabki tadqiqot ob’ektlaridan yana biri turk tilidir: 1533 y.da dastlabki qo’lyozma qo’llanmasi, 1612 y.da Ieronim Megizerning ilk bosma grammatikasi yaratildi. Usmonli turk tili bo’yicha yuqoridagi va b. asarlar, ayniqsa, F.Meninskiyning turk tili grammatikasi va lug’ati (17-a.ning 2yarmi) G’arbiy Evropa va Rossiyada 18-a. oxiri — 19-a. boshida turkiy tillarni ilmiy o’rganishga zamin hozirladi. Rossiyada T. bilan muntazam shug’ullanish (18-a.ning 2 yarmidan) I.Giganov va S.Xalfinlarning nomi bilan bog’liq. T. Rossiyada 19-a.da va 20-a. boshlarida sezilarli taraqqiyot darajasiga erishadi va kompleks fan sifatida shakllanadi (X.D.Fren,I.O.Senkovskiy, M.M.Kazimbek, O.N.Byotlingk, L.Z.Budagov, P.M.Melioranskiy, F.E.Korsh, V.V.Grigorev, N.Ya.Bichurin, V.V.VelyaminovZernov, N.V. Xanikov, I.N.Berezin, N.I.Veselovskiylarning turkiyxalqlartillari,adabiyotivatarixini, qisman numizmatikani o’rganishga bag’ishlangan asarlari). 19-a. 60-y.larida N.I.Ilminskiy va V.V.Radlovlarning asarlari bilan turkiy tillarni o’rganish (ayniqsa, qad. va o’rta turkiy yozuv yodgorliklarini o’rganish, tillarni qiyosiy o’rganish, umumturkiy lug’at yaratish va b.) tarixida yangi bosqichga asos solindi. L.Budagovning 2 jildli “Turkiy lahjalarning qiyosiy lug’ati” (1869-71), V.V.Radlovning 4 jildli “Turkiy lahjalar lug’ati tajribasi” (1888-1911) lug’atlari turkiy leksikografiya tarixida muhim yangilik bo’ldi. O’rta Osiyo xalkdari tarixini, uning ijtimoiy, iqtisodiy muammolarini o’rganish (19-a. oxiri) esa Bartold nomi bilan bog’liq. 19-a. oxiri — 20- a. boshlarida T.ning rivojlanishiga turkiy xalqlarning o’zlaridan etishib chiqqan ba’zi olimlar ham (Ch.Valixonov, Q.Nosiriy, M.F.Oxundov, Ishoqxon Ibrat, I.Oltinsarin, N.F.Katanov va b.) hissa qo’sha boshladilar. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida lingvistik T. maktablari O’rta Osiyo va Kavkazda ham paydo bo’ldi. N.P.Ostroumov, N.N.Pantusov, V.P.Nalivkin, I.A.Belyaev, S.Lapin, I.Budzinskiy, L.Afanasev, I.D.Yagello, I.M.Bukin, I.Oltinsarin kabilar O’rta Osiyodagi turkiy tillarni, N.V.Xanikov, L.Lazarev, V.X.Kondaraki, M.A.Usmonov, O.Zaatov, M.G.Afanasev, N.A.Karaulovlar Kavkazdagi turkiy tillarni o’rganish bilan shug’ullandilar. Sho’ro davrida tarix va tarixnavislik, til va adabiyot sohalaridagi bir tomonlama siyosat va mafkura tazyiqi sezilib tursada, sharqshunoslik va T. ijobiy an’analarga asoslangan holda rivojlanishda davom etadi. Bunda o’z ijodlarini chor Rossiyasi davridayoq boshlagan V.V.Bartold, V.D.Smirnov, V.A.Bogorodiskiy, A.N.Samoylovich, S.E.Malov, N.I.Ashmarin, A.E. Krimskiy, A.P.Kovalevskiy, N.Ya. Marr, I.A.Orbeli va b. olimlar alohida o’rin egallaydi (N.F.Katanov 48 ta turkiy til va lahjalarning chog’ishtirma grammatikasini ezdi, N.I.Ashmarin Chuvash tiliga oid 17 jildli asar yaratdi). 1926 y.da Bokuda Butunittifoq turkiyshunoslar qurultoyi bo’lib, unda, birinchidan, T.ning muammolari o’rtaga tashlanib, bu sohadagi kelajak vazifalar muhokama qilindi, ikkinchidan, SSSR da yashovchi turkiy xalqlar hamda yozuvga ega bo’lmagan boshqa xalq va elatlar uchun ularning fonetik qurilishini to’laroq aks ettiruvchi alifbolar yaratish masalasi ko’rib chiqildi. Natijada til qurilishi sohasida jadal ishlar boshlanib, N.F.Yakovlev, L.I.Jirkov, A.N.Samoylovich, B.Cho’ponzoda, E.D. Polivanov, A.A.Palmbax, A.M.Suxotin, K.K.Yudaxin va b. turkiyshunoslar tomonidan SSSRdagi turkiy tillar uchun yangi alifbolar va imloning ilmiy asoslari yaratildi. Kdd. yozuv an’analariga ega bo’lgan uzbek, Ozarbayjon, uyg’ur, turkman, tatar, boshqird, qozoq va b. turkiy xalklar 1927-30 y.larda lotin grafikasi asosidagi alifbolarni qabul qildilar. Bu jarayonning ijobiy (savod chiqarishning osonlashuvi) va salbiy (qad. dan o’z yozuviga ega bo’lgan uzbek, Ozarbayjon, uyg’ur va b. xalklarni qariyb ming yillik yozma yodgorliklaridan, madaniy merosidan mahrum qilish) oqibatlari ilmiy jamoatchilikka yaxshi ma’lum. Ayni shu davrda (o’tgan asrning 30-y.lari va undan keyin) T.ka, jumladan, turkiy tillarni har tomonlama o’rganishga B. Cho’ponzoda, N.K.Dmitriev, A.P.Poseluevskiy, I.A.Batmanov, K.K.Yudaxin, E.K.Pekarskiy, X.Jubanov, N.Sauranboev, S.Amanjolov, B.M.Yunusaliev, T.N. Xaritonov, A.K.Borovkov, S.Mutallibov, G’ozi Olim Yunusov, A.N. Kononov, A.M.Shcherbak, S.N.Ivanov, V.V.Reshetov, E.I.Ubryatova, M.Sh.Sheraliev, A.R. Tenishev, F.Abdullaev, A.G’ulomov, Sh.Sh.Shoabdurahmonov, M.Z.Zakiev, G’.Abdurahmonov, J.Kiekboev, N.K.Baskakov va b. munosib qissa qo’shdilar. SSSR hududida yashovchi turkiyzabon xalklar tarixi, etnografiyasi va arxeologiyasi esa V. V. Bartold, A.Yu.Yakubovskiy, S.I.Rudenko, N.P.Direnkova, S.V.Kiselyov, V.A.Shishkin, M.E.Masson, S.P.Tolstov, A. P. Okladnikov, Ya. G’. G’ulomov, A.X. Margulan, T.A.Jdanko, L.N.Gumilyov, A.D.Grach, L.R.Kizlasov va b. tomonidan o’rganildi. Turkiy xalklar ada – biyotlarini o’rganishda ham muayyan yutuklarga erishildi (V.D.Smirnov, A.N.Samoylovich, E.E.Bertels, V.A.Gordlevskiy, V.M.Jirmunskiy, Abdurauf Fitrat, A.Sa’diy, M.Avezov, H.Orasli, M.G’aynullin, Hodi Zarifov, Izzat Sulton va b.ning asarlari). 40-y.lardan boshlab hoz. turkiy tillar va ularning lahjalarini o’rganish bilan bir katorda tarixiy va qiyosiytarixiy fonetikasini, grammatikasini o’rganish boshlanadi, leksikologiya va leksikografiya, dialektografiya va dialektologiya rivojlanadi, 50-y. lardan esa turkiy yozuv yodgorliklarini lingvistik jihatdan o’rganish keng yo’lga ko’yiladi. S.E.Malov yodgorliklarning matnlarini hamda “qad. turkiy yozuv yodgorliklari” nomli umumlashtiruvchi asarini nashr ettiradi (1951). 10 kishidan iborat turkiyshunoslar guruhi tomonidan “Kdd. turkiy til lug’ati” (1969), E.V.Sevortyan va shogirdlarining 4 jildli “turkiy tillarning etimologik lug’ati” (1974-89), Amir Najibning “turkiy tillarning tarixiyqiyosiy lug’ati” (1jild, 1979), o’zbek lug’atchilarining 4 jildli “Alisher Navoiy asarlari tilining izoxli lug’ati” (1983-85) kabi lug’atlarning nashr etilishi, hoz. qozoq, turkman, Ozarbayjon, uzbek, tatar, qirg’iz, qoraqalpoq tillari izoxli lug’atlarining yaratilishi ham T. rivojiga katta hissa bo’lib qo’shildi. O’zbekistonda T. muammolari bilan shug’ullanish va shu sohada mutaxassislar tayyorlash ishlari O’zbekiston FA Til va adabiyot, Sharqshunoslik, Tarix, Arxeologiya intlarida, Qoraqalpog’iston bo’limida, Toshkent sharqshunoslik intida, O’zMU va b. untlarning tegishli ftlarida amalga oshirilmoqda. O’zbekistonda T. ning til, adabiyot, folklor, tarix, etnografiya yo’nalishlari nisbatan rivojlangan. Xususan, lingvistik T. rivojida Isqoqxon ibrat, Abdurauf Fitrat, Ashurali zohiriy, Elbek, Qayum Ramazon, S.Mutallibov, S.Ibrog’imov, Olim Usmon, A.G’ulomov, F.Abdullaev, U.Tursunov, I.Qo’chqortoev, Q.Karimov, Sh.Shukurov, G’.Abdurahmonov, Sh.Shoabdurahmonov, A.Rustamov, M.A.Asqarova, E.Fozilov, Q.Mahmudov, A.Nurmonov, H.Ne’matov, E.Begmatov, E.Umarov va b.ning, rus olimlaridan E.D.Polivanov, A.K. Borovkov, K.K.Yudaxin, A.N.Kononov, V.V.Reshetov, A.M.Shcherbaklarning hissalari katta. 20-a.ning 2yarmidan hoz. kunlargacha T. muammolari barcha turkiy tilli davlatlar fanlar akademiyalariga qarashli Sharqshunoslik intlarida yoki sharqshunoslik bo’limlarida, untlar va intlarning sharqshunoslik va turkiyshunoslik ftlarida, Rossiya Federasiyasi FA Sharqshunoslik inti va uning Leningrad (hoz. SanktPeterburg) bo’limi, Tilshunoslik, Etnografiya, Arxeologiya intlarida, mintaqaviy bo’limlari va ilmiy markazlarida o’rganilmoqsa va hal qilinmoqda, ularda T. bo’yicha etuk mutaxassislar tayyorlanmoqda. Turkiyada bu sohadagi i. t.lar (o’rta asrlarni o’rganish, manbalarni nashr etish) 20-a. boshlaridagina paydo bo’ldi. Istanbul unti va b. muassasalarda nafaqat Turkiya tarixi, balki T.ning yanada kengroq muammolari — turkiy xalklar tarixi va adabiyoti o’rganila boshladi (A.Rafiq, M.F. Ko’prulu, A.Asim va b.) nashr etildi. T. nafaqat turkiy xalklar yashaydigan mamlakatlarda, balki ular muqim yashamaydigan Evropa mamlakatlarida va AQShda, Koreya va Yaponiyada ham rivojlanmoqsa. Sharqiy Evropaning bir qancha mamlakatlarida T. tarixfilologiya, ba’zan sof tilshunoslik sohalari bo’yicha rivoj topgan. 19-a. — 20-a. boshlarida Venger olimlari I.Kunosh, G. Vamberi, G.Kuun, B. Munkachi va b. asosan, qad. va hoz. tur kiy tillar leksikasi, tarixi va grammatikasiga oid asarlar yozdilar. Ularning ishini D.Nemet, L.Ligeti, K.Laslo, D.Xazai, A.RonaTash, D. Kara, E.Shyutslar davom ettirmoqdalar. Ayni shunday ishlar Polshada T.Kovalskiy, A.Zayonchkovskiy, V.Zayonchkovskiy, E.Triyarskiy va b., Ruminiyada M.Guboglu, V.Drimba, T.Label, M.Banesku va b., Bolgariyada S.Chilingirov, S.Belikov, P.Jivkova, D.Gajanov, G.Gilibov, S.Mladenov, N.Todorov, M.Mollova va b., Chexiya va Slovakiyada ya.Ripka, I.Irechek, Ch.Truxelka, I.Blashkovich, Y.Kabrda va b., sobik, Yugoslaviya respublikalarida g.Elezovich, X.Xajibegich, X.Shabanovich, A.Shkalich, B.Jurjev va b. tomonidan amalga oshirildi. Avstriya, AKSH, Buyuk Britaniya, GFR, Daniya, Italiya, Finlyandiya, Frantsiya, Shveytsariya, Shvesiya va b. mamlakatlarda xam T.ning umumiy va xususiy masalalari bilan shug’ullangan va shug’ullanuvchi olimlar anchagina. Bular—nemis olimlari g.Vinkler, K.Brokkelman, G.Yakob, V.Bang, A. fon Gaben, M.Xartman, B.Flemming, G.Dyorfer; fin olimlari M.Kastren, G.Ramstedt, M.Ryasyanen, P.Aalto; shved olimlari g.Yarring, K.Nilson, D.Yuxanson; daniyalik V.Gryonbek, K.Gryonbek, V.Tomsen; avstriyalik M.Bittker, A.Titse, F.Mikloshich,G. Meyer; angliyalik E.Gibb, Denison Rosse, J.Klouson; frantsiyalik Pave de Kurteyl, S. de sasi, J.Deni, L.Bazen; italiyalik L.Bonelli, E.Rossi, A.Bombachchi; yaponiyalik shira Xattori, Nobuo Yamada, I.Muroyama, Macao Mori, Sh.Isavi, T. Xayashi va b. ko’zga ko’ringan turkiyshunoslardandir. AQShda T. 20-a.ning 30-y.larida paydo bo’lib, 50-60-y. larda jadal rivojlana boshladi. Bu rivojlanish, asosan, Evropa va Turkiyadan jalb etilgan turkiyshunoslar xisobiga bo’lib, Kolumbiya, Garvard, Losanjeles, Indiana untlarida turkiy tillarni o’qitisho’rganish ishlari yo’lga qo’yildi (hozirda ham ushbu untlarning xodimlari, tinglovchi va talabalari O’rta Osiyo turkiy xalqlari tillari, adabiyoti, tarixi, etnografiyasini o’rganish maqsadida O’zbekistonda ilmiy safarlarda bo’lmoqda). Indiana unti 1960 y.dan “Uralic and Altaic series” to’plamini nashr etadi, unda Ural va Oltoy tillari bilan bir katorda turkiy tillar bo’yicha ham materiallar chop etiladi. Amerikalik K.Menges, O.Prisak, D.Sinor, Xalashi Kun, Stenford Shou, R.X.Devison, R. Devere, Sh.Mardin, V.X.Mikneyl va b. AQShda T.ning tal, adabiyot, tarix sohalari rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar. T. bo’yicha tadqiqotlarni targ’ib qilish, ommalashtirish maqsadida SSSR davrida “Sovetskaya tyurkologiya” (“Sovet turkiyshunosligi”) jurnali (1970 y.dan Bokuda) va “Tyurkologicheskiy Sbornik” (“Turkologiya to’plami”, 1970 y.dan Moskvada) muntazam nashr etilib turgan, lekin 90-y.lar o’rtalarida mazkur jurnalini “Turkologiya” nomi bilan nashr etishga urinishlar bo’lsada, keyinchalik bu jarayon to’xtab qoldi. T. muammolarini yorituvchi jurnali va byulletenlar Londonda (Asia Major”), Istanbulda (Turk Dili”), Anqarada (Turk Dili Arastirmalari yilligi”, “Tarih Arastirmalari Dergisi”), Parijda (“Turcica”), Toshkentda (“Sharq mash’ali”, “Sharqshunoslik”, “O’zbek tili va adabiyoti”) va b. joylarda nashr etilib kelmoqda. Qozog’istonda Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoqturk xalqaro untida “Turkologiya” jurnali nashr etilmoqda (2003 y.dan). Ad.: Kononov an., Tyurkskaya filologiya v SSSR, 19171967, M, 1968; Baskakov N . A., Vvedenie v Izuchenie tyurkskix Yazikov, 2 izd., M., 1969; Kononov A.N., Istoriya izucheniya tyurkskix Yazikov v Rossii, L., 1972; L u ni n B. V., Istoriografiya obhestvenno’x nauk v Uzbekistane. Bibliograficheskie ocherki, T.,1974; Qo’chqortoev I., Isabekov B., Turkiy filologiyaga kirish, T., 1984. Abduvahob Madvaliev.