Ulko Grigoriy Ilich

Ulko Grigoriy Ilich (1925.5.4, Novosibirsk viloyati Karasuk tumani Yekaterina qishlog’i — 1999.8.4, Samarqand) — rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1968). Xarkov rassomlik institutini tugatgan (1958). 1959 yildan Samarqandda. Ulkoning ijodiy izlanishlari mavzuli kompozitsiyalarda o’z aksini topdi (“velosipedchilar”, “Afsona”, “birinchi reys”, 1962); asarlarida zamon ruhi, davr nafasi seziladi, dastgoh va monumental rassomlikning ifoda vositalari uyg’unlashib ketgan: “Panjakent freskasi”, “Xalq ustasi A.Hazratqulov portreti” (1961), “Amu- Buxoro kanali quruvchilari” portretlar turkumi (1964), “usta U. Jo’raqulov portreti” (1965), “suv”, “birinchi saflar” (1967); “Urgut tamakikorlari” (1971) va boshqalar. Ulko asarlaridan namunalar respublika muzeylari (jumladan, O’zbekiston davlat san’at muzeyi va boshqalar)da saqlanadi.