Ultraasosli tog’ jinslari, ultrabazitlar, giperbazitlar
Ultraasosli tog’ jinslari, ultrabazitlar, giperbazitlar — asosan, magnezialtemirli silikatlar (olivin va piroksen)dan iborat magmatik tog’jinslari. Ultraasosli tog’ jinslari tarkibida oz miqdorda ikkilamchi minerallar (xromit, magnezit va boshqalar) hamda kremniy oksidi (SiO2) 30— 44% gacha, Mg esa ko’p (MgO 42% dan ortiq) bo’ladi. Ultraasosli tog’ jinslarida dala shpatlari butunlay bo’lmaydi yoki juda kam. Asosan, rangli — piroksen, olivin yoki rudali minerallar (Magnetit)dan tashkil topadi. Ultraasosli tog’ jinslarining turlari: dunit va olivin, Peridot vapiroksenitlar. Olivin yoki piroksenning to’liq yoki qisman serpentin minerallar (xrizotil, antigorit, lizardit)ga o’tib, serpentinitlar hosil qilishi Ultraasosli tog’ jinslari uchun xosdir. Ultraasosli tog’ jinslari asosan, gabbro, ishqoriy jinslar va karbonatitlar bilan birga uchraydi. Ultraasosli tog’ jinslari bilan foydali qazilma (Platina, xromitli, silikatli, nikelli temir rudalarining hamda asbest, nefrit va boshqalar) konlarining ko’p turlari bog’liq. Ultraasosli tog’ jinslari kalgan hamma magmatik jinslarga ko’ra kam tarqalgan. Effuziv Ultraasosli tog’ jinslari sibir (maymechitlar) va Kamchatkada topilgan.