XRONOLOGIK YOZUV
XRONOLOGIK YOZUV – xo’jalik muomalalarini xronologik tartibda, ya’ni ular sodir bo’lishi sanalari bo’yicha yozish. Xronologik yozuv buxgalteriya hisobi obyektlari to’g’risida zaruriy ko’rsatkichlarni olish imkoniyatlarini bermaydi. Buning uchun tizimli yozuv qo’llaniladi. Xronologik yozuv uchun hisobning memorialorder shaklida qo’llaniladigan registratsiya jurnali tayinlangan. Registratsiya jurnaliga oy boshida yozilgan summa barcha schyotlarning oy bo’yicha debet va kredit aylanmalari jamiga teng bo’lishi kerak. Bunday nazorat tenglik ikkiyoqlama yozuvning ma’nosidan kelib chiqadi. Xronologik yozuv tizimli yozuv bilan birga bir hisob registrida amalga oshirilishi mumkin.