XUSUSIY MULK

XUSUSIY MULK – ayrim kishining ishlab chiqarish vositasiga va ishlab chiqarish natijasiga yakka o’zinikidek munosabatda bo’lishligini aks ettiradi. Xususiy mulk ikki xil korinishda yuzaga keladi: a) mehnat bilan erishilgan xususiy mulk; b) mehnatsiz erishilgan xususiy mulk. Mehnat bilan erishilgan xususiy mulk, uning ishlab chiqarish vositasida o‘zi mehnat qilib, tirikchilik o’tkazuvchi yakka dehqonlar, mayda hunarmand va kosiblar mulki. Yollanma ishchilarni ishlatib topilgan boylik xususiy mulkning ikkinchi shaklini tashkil etadi. Xususiy mulk ishlab chiqarish yoki o’z qobiliyatini ishga solishdagi tadbirkorlik, o’z xo’jaligini yuritish, daromadni turli qimmatbaho qog’ozlarga joylashtirish natijasida merosga qolgan mulk va boshqa qonun yo’l qo‘yadigan sohalar asosida yuzaga keladi va ko’payib boradi.