Yadro reaktorlari qanday qurilgan?
Olimlar atom ichida yashiringan ulkan energiya xazinasidan foydalanish uchun “atom reaktori” deb atalgan uskunani yaratdilar. Bu reaktorda bir xil radioaktiv elementlardan boshqalari paydo bo’ladi, shu jarayonda ulkan miqdorda energiya ham ajralib chiqadi. Reaktor qurilmasi ancha sodda: ichi uran yoki plutoniy kukuni bilan to’ldirilgan metall trubkalar tashqariga neytronlarning uchib chiqib ketishiga yo’l qo’ymaydigan moddalardan yasalgan korpus ichiga tushiriladi. Neytronlar — hech qanday elektr zaryadiga ega bo’lmagan alohida elementar zarralardir. Neytronlar uran atomiga tushib, ularni parchalab yuboradi, buning natijasida ulkan miqdordagi issiqliq ajralib chiqadi. Uran plutoniyga aylanadi, issiqlikdan esa elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Yadro reaktorlari inson uchun juda xatarlidir, chunki ular radioaktiv nurlaridan zararlanish manbaidir. Xuddi shu sababdan atom elektr stantsiyalarini qurishga keskin qarshilik ko’rsatadilar. XX asrning buningdek eng yirik falokati Chernobildagi (Ukraina) atom stantsiyasida yuz berdi. Reaktorning portlashi oqibatida faqat Ukrainaning emas, balki unga qo’shni bo’lgan boshqa ko’pgina davlatlar hududi ham radioaktiv zaharlanishga uchradi.