YAMUSUKRO
YAMUSUKRO — Kotd’Ivuar Respublikasi poytaxti. Abidjan shahridan 260 kilometr shimolda joylashgan. Aholisi 189 ming kishi (1998). Transport yo’llari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat va yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Prezident qarorgohi, “partiya uyi” Yamusukroda joylashgan. Shahar atrofida kofe, kakao, yams, banan plantatsiyalari bor va boshqalar qishloq xo’jalik ekinlari ekiladi.
O‘xshash so‘zlar
- YANA
- YANA-INDIGIRKA PASTTEKISLIGI
- YANACHEK LEOSH
- YANBOYEVA XURSHIDA IBNIAMINOVNA
- YANG
- YANGI AHD
- YANGI ANGLIYA
- YANGI ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANTSIYASI


