YEVENKO VIKTOR IVANOVICH

YEVENKO VIKTOR IVANOVICH (1925.2.3, Toshkent — 1986.19.8) — grafik rassom, O’zbekiston xalq rassomi (1967). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida ta’lim olgan (1946-50). Rassomlik faoliyatini 2-jahon urushi frontlarida boshladi. O’zbek xalqining tarixi (“Bek kelayapti”, 1954), mehnati (“Qarzdorligi uchun”, 1954; “hosil” 1955)ga bag’ishlangan asarlari bor. 50-yillarning oxirlaridan, asosan, grafikada ijod qildi. Bir qator badiiy asarlarni bezadi (R. Fayziyning “cho’lga bahor keldi” qissasi, A. Almatinskayaning “Zulm”, Oybekning “qutlug’qon”, Asqad Muxtorning “opa-singillar” romanlari va boshqalar), dolzarb mavzularda plakatlar yaratdi (“Tinchlik va do’stlik”, 1957; “odamlar, tinchlikni saqlang”, “Paxta”, 1966; “neytron bombasiga yo’l yo’q”, 1979; “oq oltinning yuksak sifati uchun”, 1981 va boshqalar), jamoat binolari intererlarini, ko’rgazma va bayramlarni bezatishda samarali ishladi.