Yexidnasimonlar

Yexidnasimonlar – kloakalilar turkumiga mansub sut emizuvchilar. 5 turi ma’lum. Avstraliyada yashovchi yexidnaning uzunligi 50 sm cha. Yilda 1-2 tuxumini qorindagi xaltasiga qo’yadi. Tuxumdan chiqqan bolasi emib oziqlanadi.