ZAG’CHA
ZAG’CHA (Corvus monedula) — chumchuqsimonlar turkumining qarg’asimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uzunligi 30-39 santimetr. Rangi, asosan, qora, bo’yni to’q kulrang. 4 ta kenja turi bor. Yevropa va Osiyoda uchraydi. Zag’cha ko’chib yuruvchi qush. O’zbekistonda bola ochadi va qishlaydi. Jarlarning yon bag’irlariga, uylarning peshtoqlari yoki daraxt kovaklariga uya soladi. Aprelda 4-6 ta tuxum qo’yadi. 18— 20 kunda jo’jalari tuxumdan chiqadi. Qo’ng’iz, kapalak va ularning qurtlari, o’simlik urug’lari bilan oziqlanadi. Zararkunanda hasharotlarni qirib, foyda keltiradi.
O‘xshash so‘zlar
- ZAG’CHAKO’Z
- ZAG’IZG’ON
- ZAGORSK TOVUQ ZOTLARI
- ZAGREB
- ZAGREB UNIVERSITETI
- ZAGROS
- ZAGURSKAYA GALINA NIKOLAYEVNA
- ZAHABIY







