1 aprel kun tarixi

Bugun 1-aprel 2024-yil, dushanba.

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro qushlar kuni.
? Hazil-mutoyiba kuni.
? Xalqaro tatting kuni.
? Tez eruvchan kofe tug‘ilgan kun.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Tailand — Davlat xizmati kuni.
?? Tanzaniya — Daraxt ekish kuni.
?? Indoneziya — Milliy radioeshittirish kuni.
?? San-Marino — Kapitan regentlarining sarmoyasi.
?? Eron — Islom Respublikasi kuni.
?? Kipr — Milliy bayram.
?? Janubiy Afrika – Oila kuni.

? VOQEALAR:

  • 325 — To’rt yoshli Chen-di Szin imperiyasi taxtini otasi Min-didan meros qilib oldi.
  • 537 — Vizantiya imperatori Yustin I jiyani Yustinian I ni o‘ziga yordamchi va bo‘lg‘usi imperator etib tayinladi.
  • 568 — Langobardlarning Italiyaga bosqini boshlandi.
  • 1579 — Vilen universitetiga asos solindi.
  • 1734 — Kanadada birinchi mayoq foydalanishga topshirildi
  • 1748 — Qadimgi Rimning Pompey shahrida qazish ishlari boshlandi.
  • 1778 — Yangi Orleanlik Oliver Pollok dollar belgisi — $ ni o‘ylab topdi.
  • 1808 — Aleksandr I Finlyandiyani Rossiyaga qo’shib olish maqsadida urush e’lon qildi.
  • 1875 — Dunyodagi birinchi ingliz “Tayms” gazetasi haftalik ob-havo ma’lumotlarini bera boshladi.
  • 1889 — Chikagoda ilk bor idish-tovoq yuvish mashinasi paydo bo‘ldi.
  • 1890 — Belgiyalik muhojir Sharl Van Depul AQShda birinchi trolleybusga patent oldi.
  • 1891 — rassom Pol Gogen Fransiyadan Taitiga ketdi.
  • 1918 — Buyuk Britaniya Havo Kuchlari tashkil topdi.
    -1937 — Birma Hindistondan ajralib chiqdi.
  • 1938 — Nescafé qahvalari ishlab chiqarila boshlandi.
  • 1939 — Ispaniyada fuqarolar urushi tugadi.
  • 1940 — Nyu-Jersida birinchi bor elektron mikroskop namoyish qilindi.
  • 1948 — Farera orollari Daniyadan muxtoriyat oldi.
  • 1951 — Isroilda “Mossad” tashqi razvedka xizmati tashkil etildi.
  • 1976 — Stiv Jobs va Stiv Voznyak Apple kompaniyasiga asos solishdi.
  • 1979 — Oyatullo Humoyniy Eronni Islom Respublikasi deb e’lon qildi.
  • 1981 — SSSRda doimiy yozgi vaqtga o‘tildi.
  • 1997 — Prezident Yelsin barcha rossiyalik chinovniklar Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobillarda yurishi shartligi haqida qonun qabul qildi.
  • 1998 — Xeyl kometasi Quyoshga juda yaqin keldi.
    -2004 — Google Gmail pochta xizmatini joriy qildi.
  • 2009 — Albaniya va Xorvatiya NATOga a’zo bo‘ldi.
  • 2016 — Tog‘li Qorabog‘da “to‘rt kunlik urush” nomini olgan qurolli to‘qnashuvlar boshlandi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1578 — Uilyam Garvey (1657) — ingliz shifokori, fiziolog va embriolog.
  • 1697 — Antuan-Fransua Prevo (1763) — fransuz yozuvchisi.
  • 1750 — Gugo Kollontay (1812) — Ma’rfat davri polyak publisisti va jamoat arbobi.
  • 1809 — Nikolay Gogol (1852) — rus yozuvchisi, shoir, tanqidchi, jahon adabiyotining klassik namoyondasi.
  • 1815 — Otto fon Bismark (1898) — «temir kansler» deb atalgan knyaz, siyosatchi, davlat arbobi, Germaniya Imperiyasining birinchi kansleri (1871-1890).
  • 1840 — Illarion Pryanishnikov (1894) — rus rassomi, o’qituvchi.
  • 1865 — Rixard Adolf Zigmondi (1929) — avstriyalik fizik-kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1925).
  • 1868 — Edmond Rostand (1918) — fransuz shoiri, dramaturg.
  • 1873 — Sergey Raxmaninov (1943) — rus bastakori, pianinochi va dirijyor.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1883 — Lon Cheyni (1930) — amerikalik ovozsiz kino aktyori.
  • 1919 — Jozef Edvard Myurrey (2012) — amerikalik jarroh, Nobel mukofoti sohibi (1990).
  • 1920 — Ubaydulla Karimov (1997) — oʻzbek sharqshunos olimi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980).
  • 1933 — Klod Koen-Tannuji — fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1997).
  • 1934 — Vladimir Pozner — sovet va rus jurnalisti, teleboshlovchi, yozuvchi.
  • 1947 — Alen Konn — fransiyalik matematik. 
  • 1976 — Rud van Nistelroy — sobiq golland futbolchisi, hujumchi, FIFA 100 roʻyxatiga kirgan buyuk futbolchilardan biri.
  • 1986 — Iren Vyust — niderlandiyalik konkida uchuvchi, 5 karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon va Yevropa chempioni.