1 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌎 Butunjahon o’pka saratoniga qarshi kurash kuni.
🌏 Xalqaro bolalardan xoli kun.
🌍 Butunjahon Internet kuni.
🌎 Ayol astronomlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh ‐ Kolorado shtati kuni.
🇱🇦 Laos, 🇰🇭 Kambodja ‐ G’alaba kuni.
🇵🇱 Polsha — Varshava qo’zg’olonini xotirlash kuni.
🇷🇺 Rossiya — Birinchi jahon urushi qurbonlarini xotirlash kuni.
🇹🇭 Tailand ‐ Tailand ayollari kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon — Ozarbayjon tili va alifbosi kuni.
🇵🇪 Peru ‐ Milliy Alpaka kuni.
🇷🇺 Rossiya ‐ Texnik yordam xodimlari kuni.
🇱🇧 Livan ‐ Qurolli Kuchlar kuni.
🇷🇺 Rossiya — Qurolli Kuchlarning orqa xizmatlari kuni.
🇨🇩 Kongo Respublikasi — Ota-onalar kuni.
🇧🇯 Benin — Mustaqillik kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Milliy kecha.
🇨🇭 Shveysariya — Milliy kun.
🇨🇳 Xitoy — Armiya kuni.
🇧🇧 Barbados, 🇯🇲 Yamayka, 🇬🇾 Gayana, 🇹🇹 Trinidad va Tobago — Ozodlik kuni.

👉 VOQEALAR:

  • Mi. avv. 30-yil — Oktavian Misrning Aleksandriya shahriga kirib, uni Rim respublikasiga bo’ysundirdi.
  • 527 — Yustinian I Vizantiya imperatori bo’ldi.
    -1291 — Shveytsariya tashkil topdi.
  • 1498 — Xristofor Kolumb Venesuelaga tashrif buyurgan birinchi evropalik bo‘ldi.
  • 1514 — Vasiliy III Smolenskni egalladi.
  • 1619 — Virjiniya shtatining Jeymstaun shahriga birinchi afrikalik qullar olib kelindi.
  • 1774 — Josef Pristli  kislorodni kashf etdi.
  • 1780 — Shvetsiya doimiy betarafligini e’lon qildi.
  • 1789 — A.V.Suvorov qo’mondonligidagi rus-avstriya qo‘shinii Fokshan jangida turklarni mag’lub etdi.
  • 1798 — Napoleon I Abukir jangida flotidan ayrildi.
  • 1808 — Napoleon generali Yoaxim Myurat Neapol qiroli deb e’lon qilindi.
  • 1876 — Kolorado AQShning 38-shtatiga aylandi.
  • 1914 — Germaniya imperiyasi Rossiya imperiyasiga urush e’lon qildi.
  • 1922 — Litva Respublikasining birinchi doimiy Konstitutsiyasi kuchga kirdi.
  • 1936 — Berlinda Olimpiya o’yinlarining ochilishi.
  • 1939 — Sovet Ittifoqi Qahramonining «Oltin yulduz» medali ta’sis etildi.
  • 1939 — Katta Farg’ona kanali qurilishi boshlandi.
  • 1943 — Yaponiya Birmaga mustaqillik berdi.
  • 1944 — Anna Frank o’zining kundaligiga oxirgi yozuvni kiritdi.
  • 1960 — Dagomey (hozirgi Benin) mustaqilligi e’lon qilindi.
  • 1976 — Trinidad va Tobago Respublikasi mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1981 — AQShda MTV telekanali ish boshladi.
  • 2008 — «Rus tutilishi» deb nomlanuvchi 2008-yil 1-avgustdagi quyosh tutilishi.
  • 2010 — Qora dengizda suv osti daryosi topildi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1659 — Sebastyano Richchi (1734) — italiyalik rassom — Venetsiya rassomlik maktabining vakili.
  • 1744 — Jan Batist Lamark (1829) — fransuz biologi, tabiatshunos.
  • 1818 — Mariya Mitchell (1889) — amerikalik ayol astronom.
  • 1819 — Herman Melville (1891) — amerikalik yozuvchi va Amerika uygʻonish davri shoiri. 
  • 1885 — Dyord de Xeveshi (1966) — vengriyalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1943).
  • 1887 — Ippolit Davidovskiy (1968) — patolog-anatom, Pata-natomiyada klinik-anatomik yoʻnalish asoschilaridan, Mehnat Qahramoni (1957).
  • 1924 — Jorgj Sharpak (2010) — fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1992).
  • 1924 — Abdulloh ibn Abdulaziz (2015) — Saudiya Arabistoni podshohi, ikki muqaddas masjid xodimi (2005-2015), dunyoning eng qudratli shaxslaridan biri.
  • 1926 —  Anna Glushenkova — kimyogar olima, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1996) va O’zbekiston  FA akademigi (2000).
  • 1933 — Safarov Firudin Sattor oʻgʻli — opera rejissyori, Oʻzbekiston xalq artisti (1986). 
  • 1936 — Iv Sen-Loran (2008) — fransuz modelyeri.
  • 1945 — Duglas Osherov — amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1996).
  • 1949 — Qurmanbek Bakiyev — qirg’iz siyosatchisi, Qirg’izistonning sobiq prezidenti (2005-2010).
  • 1956 — Hoshim Arslonov (2020) — oʻzbek kino va teatr aktyori.
  • 1951 — Shoazim Minovarov — Oʻzbekiston Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi
  • 1956 — Abdulxay Karimov — “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”.
  • 1957 —  Nuriddin Haydarov (2004) — estrada xonandasi, Oʻzbekiston xalq artisti (2003). 
  • 1984 — Bastian Shvaynshtayger — nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014).
  • 1986 — Yelena Vesnina — rossiyalik tennischi, Olimpiya chempioni (2016).
  • 1989 — Sarah Daniels — amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi va Twitch strimeri.