1 dekabr kun tarixi

?? BMT — Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuni.
? Xalqaro nevrologlar kuni.
? Antarktida kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? O‘zbekiston — Qoraqalpoq tili kuni.
?? Islandiya — O’z-o’zini boshqarish kuni.
?? Qozog‘iston — Birinchi prezident kuni.
?? Rossiya — Sinop jangi kuni.
?? Yaponiya — Kino suratlari kuni.
?? Rossiya — Xokkey kuni.
?? Panama — O‘qituvchilar kuni.
?? Ukraina — Prokurorlar kuni.
?? BAA — Xotira kuni.
?? Marshall orollari — Xushxabar kuni.
?? Tailand — Damrong Rajanubhab kuni.
?? Gana — Milliy fermerlar kuni.
?? Kosta Rika — Harbiy to‘ntarish kuni.
?? Chad — Ozodlik va demokratiya kuni.
?? Ruminiya — Buyuk birlashish kuni.
?? Portugaliya — Mustaqillikning tiklanishi.
?? Markaziy Afrika Respublikasi — Respublika kuni.

? VOQEALAR:

  • 1640 — Lissabonda Iberiya uniyasi bekor qilindi.
  • 1828 — Argentinada Dekabristlar inqilobi boshlandi.
  • 1879 — Moskva yaqinida poyezd portlatildi.
  • 1887 — Sherlok Xolms haqidagi  ilk kitob e’lon qilindi.
    Lotin Amerikasidagi ilk metro Buenos Ayresda ishga tushdi.
  • 1918 — Islandiya Qirolligi Daniyadan mustaqillikka erishdi.
  • 1918 — Yugoslaviya Qirolligi e’lon qilindi.
  • 1924 — Estoniyada inqilob boshlandi.
  • 1929 — O‘zbekiston arab xatidan lotin alifbosiga o‘tdi. 
  • 1925 — Saodat jurnali chiqa boshlagan.
  • 1933 — Zangiota tumani tashkil etildi.
  • 1934 — Kirovning o’ldirilishi ortidan Katta terror boshlandi.
  • 1941 — Ikkinchi jahon urushi: Yaponiya imperatori AQShga qarshi urush e’lon qildi.
  • 1943 — Ikkinchi jahon urushi: Tehron konferensiyasi nihoyasiga yetdi.
  • 1945 — Ayollar butunjahon demokratik federatsiyasi tashkil etildi.
  • 1958 — Markaziy Afrika Republikasi o‘z-o‘zini boshqarish huquqini qo‘lga kiritdi.
  • 1958 — Chikagodagi maktabda sodir bo‘lgan yong‘inda 92 nafar o‘quvchi qurbon bo‘ldi.
  • 1960 — Paul McCartney va Pit Best hibsga olindi.
  • 1971 — Saratovda An-24 samolyoti qulab tushishi natijasida 57 kishi qurbon bo‘ldi.
  • 1973 — Papua Yangi Gvineya Avstraliyadan o‘z-o‘zini boshqarish huquqini oldi.
  • 1974 — Virjiniyadagi Dalles xalqaro aeroportida Boing 727 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 92 kishi qurbon bo‘ldi.
  • 1981 — Korsikada yo‘lovchi samolyoti qulashi tufayli 180 kishi halok bo‘ldi.
  • 1989 — Filippinda harbiylarninig samarasiz davlat to‘ntarishiga urinishi bo‘lib o‘tdi.
  • 1989 — Sharqiy Germaniya parlamenti Kommunistik partiyaning rahbarlik rolini bekor qilidi.
  • 1990 — 40 metrlik chuqurlikdagi Fransiya va Angliyani bog‘lab turuvchi suvosti tunneli ishga tushirildi.
  • 1991 — Ukrainada Sovet ittifoqidan ajralib chiqish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi.
  • 1991 — Ukrainada birinchi prezident saylovi bo’ldi.
  • 1991 — Qozog‘istonda birinchi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi.
  • 1999 — Toshkentda «Kabul-O‘zbek» O‘zbekiston-Janubiy Koreya to‘qimachilik qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish majmuining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
  • 2006 — Qatar poytaxti Doha shahrida XV Osiyo o‘yinlari boshlandi.
  • 2011 — Olma-ota metrosi ishga tushirildi.
  • 2019 — Uxanda koronavirus infeksiyasi avj olishining boshlanishi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1743 — Martin Genrix — nemis kimyogari, uran, sirkoniy, titan, seriy, tellurni kashf qilgan.
  • 1792 -Nikolay Lobachevskiy — rus matematigi.
  • 1873 — Bryusov Valeriy (1924) — rus yozuvchisi, dramaturg.
  • 1888 — Vasiliy Blyuxer — sovet harbiy, siyosiy va partiya arbobi, Sovet Ittifoqi Marshali.
  • 1896 — Georgiy Jukov — Sovet armiyasi qo‘mondoni, 4 marta Sovet Ittifoqi qahramoni.
  • 1905 — Ibrohimov Sobirjon (1974) — O’zbekistonda xizmat ko’rsattgan fan arbobi (1972).
  • 1913 — Mansurov Rustam — aktyor, O’zbekiston xalq artisti (1952).
  • 1918 — Boymuhamedov Hosil (1990) — akademik (1979), Ozbekistonda xizmat korsatgan fan arbobi (1976).
  • 1918 — Shayx Zayd ibn Sulton al Nahayon — BAAning birinchi prezidenti.
  • 1925 — Martin Rodbell — amerikalik biokimyogar va endokrinolog, Nobel mukofoti sohibi (1994).
  • 1937 — Vayra Vike-Freyberga — Latviyaning 6-prezidenti.
  • 1945 — Gennagiy Xazanov — aktyor, kulgu janri ustasi.
  • 1982 — Xasan Baroyev — yunon-rim kurashchisi, olimpiya chempioni 2004), ikki karra jahon va Yevropa chempioni.
  • 1991 — Sun Yan — xitoylik suzuvchi, uch karra olimpiya va 11 marta jahon chempioni.
  • 1992 — Sitora Alimjonova — O’zbek kino aktrisasi, qo’shiqchi.‌‌