10 oktabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT — Butunjahon ruhiy salomatlik kuni.
🌏 Butunjahon o‘lim jazosiga qarshi kurash kuni.
🌏 Butunjahon kasha kuni.
🌏 Butunjahon uysizlar kuni.
🌏 Xalqaro sahna boshqaruvi kuni.
🌏 Butunjahon inklyuzivlik kuni.
«В Контакте» ijtimoiy tarmog‘i tug‘ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇻🇳 Vyetnam — Poytaxt ozodlik kuni.
🇫🇮 Finlandiya — «Fin adabiyoti» kuni.
🇵🇱 Polsha — Daraxt ekish kuni.
🇬🇺 Guam — Daraxt ekish kuni.
🇺🇦 Ukraina — Standartlashtirish va metrologiya xodimlari kuni.
🇰🇿 Qozogʻiston — Kasaba uyushmalari kuni.
🇹🇲 Turkmaniston — Sog’liqni saqlash va tibbiyot sanoati xodimlari kuni
🇱🇰 Shri-Lanka — Armiya kuni.
🇹🇼 Tayvan — Milliy kun.
🇰🇵 Shimoliy Koreya — Partiya tashkil etilgan kun.
🇫🇯 Fiji Orollari — Mustaqillik kuni.
🇨🇺 Kuba — Mustaqillik uchun kurash boshlangan kun.
🇺🇸 AQSh — Kolumb kuni.
🇦🇲 Armaniston — Kimyo qo‘shinlari kuni.
🇨🇦 Kanada — Shukronalik kuni.
🇯🇵 Yaponiya — Fizkultura kuni.

👉 10-OKTABRDA SODIR BO‘LGAN VOQEALAR:

  • 732 — Puatye jangi.
  • 1503 — Rossiya rohiblari Kremlda birinchi marta aroqni olishdi. Aroq dastlab antiseptik sifatida ishlatilgan.
  • 1789 — Inqilobiy Fransiyada cherkov mulki milliylashtirildi.
  • 1846 — ingliz astronomi Uilyam Lassell Neptunning eng katta yo‘ldoshi bo‘lgan Tritonni kashf etdi.
  • 1865 — Amerikalik Jon Uesli Xayat sellyuloiddan billyard to‘pini patentladi.
  • 1868 — Kubani Ispaniyadan ozod qilish uchun o‘n yillik urush boshlandi.
  • 1868 — Astronom Jeyms Uotson asosiy kamar (106) Dion asteroidini kashf etdi.
  • 1919 — Antanta va AQSh Sovet Rossiyasiga iqtisodiy blokada e’lon qilishdi.
  • 1933 — AQShda dunyodagi birinchi kir yuvish kukuni sotila boshladi.
  • 1945 — Koreya Mehnat partiyasi tuzildi.
  • 1956 — Birinchi Gaz-M21 Volga avtomobili ishlab chiqarildi.
  • 1970 — Fiji Orollari mustaqillikka erishdi.
  • 1982 — “Meri Rouz“ kemasi dengiz tubidan chiqarildi.
  • 1990 — Kiyevlik talabalar Ukraina mustaqilligini talabi qilishib, ochlik e’lon qilishdi.
  • 1990 — Boshqirdiston oʻzini SSSR tarkibida ittifoq respublikasi deb eʼlon qildi.
  • 1996 — Afg‘oniston shimolida toliblarga qarshi koalitsiya tuzildi.
  • 2006 — VKontakte ijtimoiy tarmog‘i ishga tushdi.
  • 2007 — Shayx Muzafar Shukor «Soyuz TMA-11» kosmik kemasida koinotga uchgan birinchi Malayziyalik kosmonavt bo‘ldi.
  • 2015 — Anqaradagi terakt, 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi.
  • 2022 — Rossiya Ukraina hududiga ommaviy raketa hujumi qildi, kamida 19 kishi halok bo‘ldi.

👉 10-OKTABRDA TAVALLUD TOPGAN MASHHURLAR:

  • 1477 — Salim I Yovuz (1520) — Usmonli turk imperiyasi sultoni Sulton Boyazid II ning oʻgʻli, 1512-yilning qishida yanicharlar yordamida otasidan taxtni tortib olgan.
  • 1684 — Jan Antuan Vatto (1721) — fransuz rassomi, rokoko uslubining asoschisi va buyuk namoyondasi.
  • 1731 — Genri Kavendish (1810) — ingliz fizigi va kimyogari, suv formulasini kashf etgan va Yer massasini «o’lchagan».
  • 1813 — Juzeppe Verdi (1901) — italyan bastakori.
  • 1861 — Fridtof Nansen (1930) — norvegiyalik qutb tadqiqotchisi, Nobel mukofoti sohibi (1922).
  • 1870 — Sharlotta Kuper (1966) — ingliz tennischisi, ayollarning o’rtasida birinchi Olimpiya chempioni.
  • 1913 — Simon Klod — fransuz yozuvchisi.
  • 1922 — Boris Kim (1996) — teatr rassomi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1970).
  • 1927 — Orifxon Hotamov (2002) — xonanda, sozanda (tanbur, gʻijjak), bastakor, Oʻzbekiston xalq hofizi (1993).
  • 1940 — Hamidilla Oripov (1998) — kimyogar olim, Oʻz FA akademigi (1995).
  • 1994 — Asqar Akayev — Qirgizistoning 1-prezidenti, Qirgʻiziston davlat va siyosat arbobi.
  • 1949 — Almatov Zokir — Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri (1991-2006), Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi (2018-yildan).
  • 1969 — Bahodir Qurbonov — oʻzbekistonlik davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri (2019).
  • 1984 — Pavel Durov — rossiyalik dasturchi, Telegram va «VKontakte» ijtimoiy tarmog’ining asoschisi.
  • 1986 — Esekyel Garay — argentinalik futbolchi, Argentina terma jamoasi himoyachisi, Olimpiya chempioni (2008).
  • 1988 — Aleksandra Kotlyarova — uzunlikka sakrash boʻyicha ixtisoslashgan Oʻzbekiston sportchisi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro toifadagi sport ustasi.
  • 1990 — Madina Mumtoz — oʻzbek qoʻshiqchisi va kino aktrisasi.
  • 1999 — Zuhra Yoʻlchiyeva — yosh shoira va tarjimon, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori (2019).