? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Pokiston — Bayroq kuni.
?? Latviya — Latviya ozodligi uchun kurashchilarni xotirlash kuni.
?? Armaniston ‐ Arman milliy o’ziga xosligi kuni.
?? Turkmaniston — Chegarachilar kuni.
?? Yaponiya — Tog‘lar kuni.
?? Chad — Mustaqillik kuni.
? VOQEALAR:
- mi. av. 3114 — Mayya taqvimidagi Uzoq hisobning boshlanishi.
- mil. av. 480 — Fermopil jangi.
- 843 — Verdun shartnomasi imzolandi
- 1378 — Rus qo‘shinlari birinchi marta Voja daryosi jangida Oltin O’rdani qo‘shinini yengdi.
- 1492 — Aleksandr VI Rim papasi etib saylandi.
- 1767 — Angliyada odamning oxirgi marta gulxanda yondirilishi.
- 1804 — Avstriya imperiyaga aylandi.
- 1863 — Fransiya Kambodja ustidan o’zining protektoratini o’rnatdi.
- 1867 — Gamburgda Karl Marksning „Kapital“ kitobi nashr qilindi.
- 1906 — fransuz Ejen Avgustin Lost Buyuk Britaniyada kino uchun ovoz yozish texnikasini patentladi.
- 1919 — Veymar respublikasi konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1929 — Eron va Iroq o’rtasida do’stlik shartnomasi imzolandi.
- 1956 — Paxtakor stadioni ochildi.
- 1959 — Moskvada Sheremetevo xalqaro aeroporti ochildi.
- 1960 — Chad mustaqillikka erishdi va Chad Respublikasi bo’ldi.
- 1962 — „Vostok-3“ kosmik kemasi uchirildi.
- 1973 — «Bahorning o’n etti lahzasi» serialining birinchi televizion namoyishi boshlandi.
- 1979 — Dneprodzerjinsk osmonidagi to’qnashuv. 178 kishi halok bo’lgan, ulardan 17 nafari O’zbekistonning «Paxtakor» jamoasi a’zolari.
- 1981 — O‘zbekistonda butifosdan o‘tkir zaharli moddasidan foydalanish ta‘qiqlandi.
- 1999 — To‘liq quyosh tutilishi, Yevropada kuzatilgan.
- 2003 — NATO Afg’onistondagi xalqaro tinchlikparvar kuchlarning qo’mondonligini o’z zimmasiga oldi.
- 2004 — Rostov sudi qo’shiqchi Filipp Kirkorovni jurnalist Irina Aroyanni haqorat qilishda aybdor deb topdi.
- 2011 — Chelyabinsk viloyatida ikkita poyezd to‘qnashib ketdi.
? TAVALLUDLAR:
- 1081 — Genrix V (1125) — Germaniya qiroli (1106-1125), Muqaddas Rim imperiyasi imperatori (1111-1125).
- 1744 — Tomas Antonio Gonzaga (1810) — Braziliyalik shoir, huquqshunos, jamoat arbobi.
- 1778 — Fridrix Lyudvig Yan (1852) — Nemis pedagogi, «zamonaviy gimnastika otasi».
- 1837 — Mari Karno (1894) — Muhandis, Fransiya prezidenti (1887-1894).
- 1858 — Kristian Eykmann (1930) — Gollandiyalik shifokor, Nobel mukofoti sohibi (1929).
- 1902 — Norma Shearer (1983) — amerikalik kinoaktrisa.
- 1916 — G’ulom Ahmedov — huquqshunos olim, O’zbekiston xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1993).
- 1921 — Aleks Xeyli (1992) — Amerikalik negr yozuvchisi, Pulitser mukofoti sovrindori.
- 1926 — Aaron Klug — Britaniya va Janubiy Afrikalik olim, biokimyogar, Nobel mukofoti — (1982).
- 1938 — Dilbar Ismoilova — aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti.
- 1939 — Anatoliy Kashpirovskiy — sovet psixoterapevti.
- 1943 — Parvez Musharraf — Pokistonning 10-prezidenti (2001-2008).
- 1946 — Merilin vos Savant — amerikalik yozuvchi, dunyodagi eng yuqori IQ darajasidagi ayol.
- 1948 — Rustam Akramov — futbolchilar murabbiysi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi (1994).
- 1950 — Stiv Voznyak — amerikalik dasturchi, Apple asoschilaridan biri.
- 1957 — Masayoshi Son — yaponiyalik yirik tadbirkor, SoftBank shirkati ijrochi direktori, Sprint korporatsiyasi raisi.
- 1965 — Viola Devis — amerikalik aktrisa, «Oskar», «Oltin globus» va boshqa mukofotlar sovrindori.
-1968 — Anna Gann — amerikalik aktrisa, «Emmi» mukofotining ikki karra g’olibi. - 1974 — Odri Mestre (2002) — fransuz fridrayver rekordchisi.
- 1983 — Kris Xemsvort — avstraliyalik kinoaktyor.
- 1984 — Lyudmila Postnova — rossiyalik gandbolchi, uch karra jahon chempioni.
- 1985 — Xurshid Nabiyev — oʻzbekistonlik dzyudochi, 90 kg vazn toifasida ishtirok etgan.
- 1989 — Xulio Sesar La Kruz — kubalik havaskor bokschi, ikki karra Olimpiya chempioni (2016, 2020).
- 1993 — Elison Stouner — amerikalik qo’shiqchi, aktrisa, raqqosa va model.