11 oktabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT — Хalqaro qiz bolalar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh — General Pulaskini xotirlash kuni.
?? Shimoliy Makedoniya — Fashizmga qarshi xalq qo’zg’oloni kuni.
?? Boliviya — Boliviya ayollari kuni.
?? JAR — Siyosiy mahbuslar bilan birdamlik kuni.

11-OKTABRDA SODIR BOʻLGAN VOQEALAR:

  • 1138 — Halabda zilzila bo’lib, u 230 ming kishining hayotiga zomin bo’ldi.
  • 1658 — Rossiya armiyasi Verki jangida litvaliklarni mag’lub etdi.
  • 1783 — Sankt -Peterburgda Yekatrina II farmoni bilan Rossiya akademiyasi tashkil etildi.
  • 1852 — Avstraliyada birinchi universitet o’z faoliyatini boshladi.
  • 1881 — Shimoliy Dakota shtatining (AQSh) fuqarosi Devid Xyuston fotoplyonkani patentladi.
  • 1887 — Amerikalik ixtirochi Tomas Alva Edison saylov ovozlarini hisoblash uchun elektr mashinasini patentladi.
  • 1899 — ingliz-bur urushi boshlandi.
  • 1905 — Xalqaro aviatsiya federatsiyasi (FAI) tashkil topdi.
  • 1922 — Xalq Komissarlari Kengashining farmoniga ko‘ra, mashhur chervones banknoti paydo bo’ldi
  • 1922 — Irlandiya konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1926 — Londonda Alan Milnning Vinni-Pux haqidagi hikoyalari chop etildi.
  • 1962 — Karib inqirozi: AQSH Kubada SSSRning P-12 raketalarini aniqladi.
  • 1961 — Semipalatinsk poligonida birinchi yer osti yadroviy portlashi amalga oshirildi.
  • 1984 — Birinchi amerikalik ayol astronavt-Ketrin Sallivan kosmosga chiqdi.
  • 1993 — O‘zbekiston Respublikasi hamda Marokash Qirolligi  bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
  • 1999 — O‘zbekiston Respublikasi hamda  Shri-Lanka bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1675 — Samuel Klark (1729) — ingliz faylasufi va ilohiyotshunosi.
  • 1755 — Fausto Elyuar (1833) — ispan kimyogari, volframni kashf qilgan.
  • 1810 — Anton Svengauer (1884) — Baydermayer davri nemis rassomi.
  • 1870 — Mironov Nikolay (1952) — kompozitor, dirijyor, folklorshunos, pedagog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1930), O’zbekiston xalq artisti (1937).
  • 1896 — Yakobson Roman (1982) — rus va amerika tilshunosi, adabiyotshunos, strukturalizmga (Strukturaviy tilshunoslik) asos solgan olimlardan.
  • 1884 — Fridrix Bergius (1949) — nemis kimyoviy texnologi, Nobel mukofoti sovrindori (1931).
  • 1885 — Fransua Moriak (1970) — fransuz yozuvchisi, Nobel mukofoti sovrindori.
  • 1890 — Vladimir Devlet (1958) — opera xonandasi (bariton), Oʻzbekistan xalq artisti (1945). 
  • 1906 — Charlz Revson (1975) — mashhur «Revlon» kosmetika kompaniyasining asoschisi.
  • 1932 — Vohidov Shavkat — fizik olim, O’zbekiston FA akademigi (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982).
  • 1937 — Bobbi Charlton — taniqli ingliz futbolchisi, jahon chempioni (1966).
  • 1942 — Amitabh Bachchan — hind kino aktyori, prodyuser, teleboshlovchi, siyosatchi.
  • 1946 — Tal’at Sayfuddinov — mashhur doirachi, O’zbekiston xalq artisti.
  • 1958 — Saidov Akmal — Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz raisi.
  • 1977 — Yelena Berejnaya — rossiyalik figurali uchish (juftlikda) ustasi, Olimpiya chempioni (2002), jahon chempioni (1998, 1999).
  • 1983 — Ruslan Ponomaryov — shaxmatchi, shaxmat bo’yicha jahon chempioni (2002) FIDE versiyasiga ko’ra.
  • 1980 — Dilshod Nazarov — iste’dodli violonchelchi, Yaponiya, Rossiya, Fransiyada bo’lib o’tgan xalqaro tanlovlar g’olibi. “Nihol” mukofoti sohibi.
  • 1983 — Bradley James — ingliz aktyori, «Merlin» serialida Artur roli bilan mashhur.
  • 1985 — Nesta Karter — yamaykalik yengil atlet, ikki karra Olimpiya chempioni.
  • 2000 — Bobirjon Omonov — oʻzbek atletikachisi-paralimpiyachi, yadro uloqtiruvchi, Para-Osiyo oʻyinlari gʻolibi, Jahon chempioni, Paralimpiya chempioni.