12 dekabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT — Xalqaro betaraflik kuni.
?? BMT — Xalqaro universal sog’liqni saqlash kuni.
? Butunjahon yutish kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Yaponiya — Ierogliflar kuni.
?? Rossiya — Konstitutsiya kuni.
?? Qirg’iziston — Milliy adabiyot kuni.
?? Hindiston — Chakana savdo xodimlari kuni.
?? Xorvatiya — Harbiy havo kuchlari kuni.
?? Qozog’iston — Bojxona xodimlari kuni.
?? Ukraina — Quruqlik qo‘shinlari kuni.
?? Keniya — Jamhuri kuni (Milliy kun).
?? Turkmaniston — Betaraflik kuni.

? VOQEALAR:

  • 627 —  Nineviyadagi jang.
  • 1408 — Sigizmund Ajdaho ordenini taʼsis etdi.
  • 1787 — Pensilvaniya shtati AQSh konstitutsiyasini ratifikatsiya qildi.
  • 1875 — Rossiyada regulyatorsiz yoysimon chiroq — elektr «sham» ixtiro qilindi
  • 1911 — Hindiston poytaxti Kalkuttadan Dehliga koʻchirildi.
  • 1911 — Buyuk Britaniyada stol tenisi assotsatsiyasiga asos solindi. 
  • 1913 — Florensiyada „Mona Liza“ kartinasi topildi.
  • 1925 — Rizo Pahlaviy rasman Eron shohi taxtiga o‘tirdi.
  • 1936 — Chan Kayshi qoʻga olindi.
  • 1939 — Finlyandiya armiyasi Tolvayarvi jangida Sovet qo’shinlarini mag’lub etdi.
  • 1961 — AQShda dunyoda birinchi radio havaskor sun’iy yo’ldosh — OSCAR-1
    orbitaga chiqarildi.
  • 1963 — Keniya mustaqillikni qo‘lga kiritdi.
  • 1979 — KPSS Markaziy Qo’mitasining Siyosiy byurosi Sovet qo’shinlarini Afg’onistonga yuborishga qaror qildi.
  • 1990 — YuNESKO tomonidan Xiva shahridagi Ichan qal’a Umumjahon merosi ro’yxatiga kiritildi.
  • 1992 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrini “O‘zbekiston Respublikasining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
  • 1993 — Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi loyihasi asosida referendum oʻtkazildi; Davlat Dumasiga deputatlar saylandi. Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 2002 — O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida” gi Konstitutsiyaviy qonunlari qabul qilindi.
  • 2008 — Shveysariya Shengen zonasiga qo‘shildi.
  • 2012 — Notr-Dam cherkovining 850 yilligi munosabati bilan tantanalar boshlandi (Notre Dam de Parij).

? TAVALLUDLAR:

  • 1766 — Nikolay Karamzin (1826) — rus yozuvchisi, publitsist, tarixchi, Peterburg fanlar akademiyasining faxriy a’zosi.
  • 1777 — Aleksandr I (1825) — Rossiya imperatori (1801–25).
  • 1799 — Bryullov Karl (1852) — rus rassomi.
  • 1821 — Gyustav Flober (1880) — fransuz realist yozuvchisi.
  • 1863 — Edvard Munk (1944) — norveg rassomi, ekspressionizm asoschilaridan biri.
  • 1905 — Mulk Raj Anand (2002) — hind yozuvchisi va jamoat arbobi. 
  • 1909 — Hamid Olimjon (1944) — shodlik va baxt kuychisi, iste’dodli shoir, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi.
  • 1915 — Frank Sinatra (1998) — Amerikalik qo’shiqchi va aktyor.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1925 — Ahmad Shomlu (2000) — XX asr Eron adabiyotining zabardast shoirlaridan biri.
  • 1928 — Chingiz Aytmatov (2008) — Sovet va qirg’iz yozuvchisi, davlat arbobi.
  • 1932 — Karimov Naim — adabiyotshunos olim, jamoat arbobi, Ozbekiston Respublikasi fan arbobi (1996).
  • 1941 — Vitaliy Solomin (2002) — sovet va rus kino va teatr aktyori, Rossiya xalq artisti.
  • 1944 — Shavkat Solihov — kimyogar olim, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1998).
  • 1946 — Klara Novikova — sovet va rus qo’shiqchisi, aktrisa, Rossiya xalq artisti.
    -1963 — Yulduz Usmonova — xonanda, O‘zbekiston xalq artisti.
  • 1982 — Dmitriy Tursunov — rossiyalik tennischi, Devis kubogi sovrindori.
  • 1983 — Dilshod Mansurov — erkin kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi. «Oʻzbekiston iftixori» (2001).