13 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro chapaqaylar kuni.
🌏 Quruvchilar kuni.
🌏 Uchrashuvlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O‘zbekiston — Quruvchilar kuni.
🇧🇬 Bolgariya — Harbiy-dengiz floti kuni.
🇧🇷 Braziliya — Otalar kuni (Dia dos Pais).
🇩🇪 Germaniya — Berlin devori qurbonlarini xotirlash kuni.
🇮🇷 Eron — Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash kuni.
🇮🇳 Hindiston — Vatanparvarlar kuni.
🇪🇸 Ispaniya — Kantabriya kuni.
🇨🇴 Kolumbiya — Yumoristlar kuni.
🇱🇦 Laos — Ozod Laos kuni.
🇨🇫 Markaziy Afrika Respublikasi — Mustaqillik kuni.
🇷🇺 Rossiya — Quruvchilar kuni.
🇹🇯 Tojikiston — Quruvchilar kuni.
🇹🇳 Tunis — Ayollar kuni.
🇹🇲 Turkmaniston — Turkman qovuni kuni.
🇺🇦 Ukraina — Veterinariya xodimlari kuni.
🇺🇾 Urugvay, 🇨🇱 Chili — Bolalar kuni.
🇯🇵 Yaponiya — O‘tganlarni xotirlash kuni (Obon).

👉 VOQEALAR:

  • 1521 — Ernan Kortes Tenochtitlanni zabt etdi.
  • 1624 — Kardinal Risheli Fransiyaning birinchi vaziri etib tayinlandi.
  • 1672 — Kristian Gyuygens Marsning Janubiy qutbida muz qavati borligini ko‘rdi.
  • 1762 — Angliya-Ispaniya urushi paytida (1761-1763) Gavanani qamal qilish (1762) shaharning taslim bo’lishi bilan yakunlandi.
    -1899 — Amerikalik ixtirochi Uilyam Grey avtomat-telefonni patentladi.
  • 1905 — Shved-norveg uniyasi bekor qilindi.
  • 1907 — Nyu-Yorkda birinchi taksi yo’lga qo’yildi.
  • 1912 — fransuz shifokori G. Odin dunyoda birinchi bo’lib saraton virusini ajratib olganini e’lon qildi.
  • 1913 — Sheffildda birinchi zanglamaydigan po’lat eritildi.
  • 1914 — Rossiyada harbiy senzura joriy etildi.
  • 1920 — Varshava jangi boshlanishi.
  • 1928 — Londonda dunyodagi birinchi rangli teledastur namoyish etildi.
  • 1952 — Germaniya va Yaponiya Xalqaro valyuta jamg’armasiga qo’shildi.
  • 1960 — Markaziy Afrika Respublikasi Fransiyadan o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1961 — GDR G’arbiy va Sharqiy Berlin o’rtasidagi chegarani yopdi.
  • 1966 — Tunisda mini-yubka kiyish taqiqlandi.
  • 1990 — SSSR Prezidenti Mixail Gorbachyov «1920 — 1950 — yillardagi siyosiy qatag’on qurbonlarining barcha huquqlarini tiklash to’g’risida»gi farmonga imzo chekdi.
  • 1992 — O‘zbekiston Respublikasi va Portugaliya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
  • 1997 — «South Park» animatsion seriali efirga chiqdi.
  • 2004 — Afinada (Gretsiya) XVIII yozgi Olimpiya o’yinlarining ochilishi.
  • 2007 — Nevskiy ekspress poyezdi halokati.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1655 — Iogann Kristof Denner (1707) — nemis musiqa ustasi, klarnet kashfiyotchisi.
  • 1814 — Anders Ionas Angstrem (1874) — shved fizigi va astronomi, spektroskopiyaning asoschisi.
  • 1829 — Ivan Sechenov (1905) — rus fiziologi, mehnat fiziologiyasining asoschisi.
  • 1844 — Iogann Fridrix Misker (1895) — Nuklein kislotalar — DNK va RNKni kashf etgan shveytsariyalik olim.
  • 1866 — Jovanni Aneylli (1945) — Fiat kompaniyasiga asos solgan italiyalik sanoatchi (1899).
  • 1872 — Rixard Vilshtetter (1942) — nemis kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1915).
  • 1918 — Frederik Senger (2013) — ingliz biokimyogari, ikki marta Nobel mukofoti sohibi (1958, 1980).
  • 1926 — Fidel Kastro (2016) — Kubalik inqilobchi va siyosatchi, Kuba rahbari (1959-2008).
  • 1950 — Usmon Azim — Oʻzbekiston xalq shoiri (2000), dramaturg .
  • 1967 — Anna Terexova — teatr va kino aktrisasi, Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist.
  • 1982 — Sebastyan Sten — asli rumin boʻlgan amerikalik aktyor.
  • 1985 — Elchin Sangu — turkiyalik aktrisa.
  • 1992 — Lukas Moura — braziliyalik futbolchi.
  • 1998 — Egizak opa-singillar Arina va Dina Averinalar — rus  gimnastikachilari, badiiy gimnastika bo’yicha ko’p karra jahon va Yevropa chempionlari.