14 fevral kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni.
🌏 Sevishganlar kuni.
🌏 Butunjahon bonobo kuni.
🌏 Fransuz tili tug’ilgan kun.
🌏 Tug’ma yurak nuqsonlari haqida xabardorlik kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh — Milliy donor kuni.
🇮🇪 Irlandiya — Chekish taqiqlangan kun.
🇺🇸 AQSh — Oregon va Arizona shtati kuni.
🇰🇵 Shimoliy Koreya — Generalissimo kuni.
🇺🇸 AQSh — Milliy qora savodxonlik kuni.
🇱🇧 Livan — Rafik Haririyni xotirlash kuni.
🇫🇮 Finlandiya — Do‘stlar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 842 — Fransuz tilining tug’ilgan kuni: Germaniyalik Lyudovik II va Karl II roman tili (eski fransuz) da Strasburg qasamyodini qabul qilishdi.
  • 1009 — Litva toponimining birinchi bor tilga olinishi.
  • 1718 — Pyotr I o’g’li Alekseyni taxt vorisining huquqlaridan mahrum qildi.
  • 1834 — Lionda to‘quvchilarning ommaviy qo‘zg‘oloni boshlandi.
  • 1836 — Lemandagi yongʻinda 120 kishi halok boʻldi.
  • 1879 — Selitra urushi: Chili qo’shinlari Boliviyaga hujum qilishdi.
  • 1892 — D.I. Ivanovskiy viruslarni infeksiyaning etiologik omili sifatida kashf etdi, bu virusologiyaga asos soldi.
  • 1918 — Sovet Rossiyasida Grigorian taqvimi (yangi uslub) joriy etildi.
  • 1919 — Millatlar Ligasining Nizomi tasdiqlandi.
  • 1945 — AQSh tomonidan Praganing bombardimon qilinishi.
  • 1946 — AQShda haqiqatan ishlovchi birinchi elektron kompyuter ENIAC ishga tushirildi.
    -1949 — Isroilda knessetning birinchi majlisi.
  • 1956 — Stalin shaxsiga sigʻinish fosh etildi.
  • 1961 — 103-element — lourensiy kashf qilindi.
  • 1989 — Salmon Rushdiy „Shayton sheʼrlari“ nomli romani uchun oʻlim jazosiga hukm qilindi.
  • 1992 — O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibida Mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qo‘shinlari tashkil etildi.
  • 1995 — Borland Delphining birinchi namunasini namoyish qildi.
  • 2005 — YouTube xizmati yaratildi.
  • 2006 — Shimoliy Vaziriston hududida  tolibonlar tomonidan Vaziriston Islom davlati e’lon qilindi. Keyinchalik tolibonlar Janubiy Vaziristonni ham bosib olishdi.
  • 2011- Arab bahori: Baxraynda qo‘zg‘olon boshlandi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1483 — Zahiriddin Muhammad Bobur (1530) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda.
  • 1869 — Charlz Tomson Riz Vilson (1959) — shotland fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1927).
  • 1877 — Edmund Landau (1938) — nemis matematigi.
  • 1928 — Sergey Kapitsa (2012) — sovet va rus fizik olimi, ma’rifatparvar, teleboshlovchi.
  • 1936 — Anna German (1982) — sovet va polyak estrada xonandasi, aktrisa, bastakor.
  • 1939 — Shukrullo Mirsaidov (2012) — OʻzSSR Ministrlar soveti raisi (1990), O‘zbekiston Respublikasi vitse-prezidenti (1990-1992).
  • 1940 — Muqimov Komil — fizik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000).
  • 1943 — Omon Matjon — O‘zbekiston xalq shoiri, tajimon.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1945 — Xans-Adam II — Lixtenshteynning hozirgi knyazi (1989-yildan).
  • 1947 — Abdulhoshim Mutalov — 1992-1995-yillarda Oʻzbekiston Bosh vaziri.
  • 1962 — Adham Ahmadboyev — Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Davlat maslahatchisi.
  • 1972 — Rob Thomas — amerikalik rok artist va qoʻshiqlar muallifi.
  • 1974 — Valentina Vessali — italiyalik qilichboz, 6 karra olimpiya, 16 karra jahon chempioni.
  • 1987 — Makka Sagaipova — Checheniston Respublikasining xalq artisti.
  • 1988 — Angel Di Mariya — argentinalik futbolchi, qanot yarimhimoyachisi.